USTAV KAPITALI
USTAV KAPITALI — aktsiyadorlik jamiyatining ustavida qayd etilgan pul ifodasidagi dastlabki, boshlang’ich kapital. Ustav kapitali aktsiyalar sotishdan tushumlar, ta’sischilarning xususiy qo’yilmalari va davlat qo’yilmalari hisobidan yuzaga keladi. Ustav kapitaliga badallar faqat pul mablag’lari ko’rinishida emas, balki mulk shaklida, Masalan, imoratlar, yer, shuningdek, intellektual mulk ob’yektlari: patentlar, litsenziyalar, loyihalar shaklida ham bo’lishi mumkin. Ustav kapitali tuzilgan tashkilot faoliyatining moddiy-ashyoviy, pul, ilmiytexnika, axborot asosini tashkil etadi. Ustav kapitali balansning passivida qayd etiladi.