Abiogen landshaftlar

Abiogen landshaftlar — asosan abiogen komponentlardan tashkil topgan, ya’ni biogen komponentlar (osimlik va hayvonot dunyosi hamda mikroorganizmlar) ishtirokisiz paydo bolgan landshaftlar. Hozirgi abiogen landshaftlarga Antarktidaning markaziy qismlari va Grenlandiyaning muz qalqonidagi, shuningdek Himolay va boshqa eng baland toglarning chuqqilaridagi landshaftlar kiradi. Abiogen landshaftlar asosan hayotsiz bolsada, unda biosfera mahsulotlari — atmosfera kislorodi, ohaktoshlar va boshqa cho`kindi jinslar bor. Oy landshaftlari ham abigen landshaftdir.