Astrolyabiya

Astrolyabiya (yunoncha astron – yulduz, labe – tutib olish) – joyning geografik koordinatalarini, vaqtni, ob’yektning azimutini, yulduzlarning chiqishi va botish paytlarini, shuningdek, amaliy astronomiyaning boshqa masalalarini hal qilishda ishlatiladigan kochma astronomik asbob. Orta asrlarda Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan edi. Astrolyabiya graduslarga bolingan doira, chizgich va vizirlovchi dioptrdan iborat. Yoritkich balandligini aniqlash paytida strolyabiya maxsus halqa yordamida osib qo`yilar edi.