Aerosyomka
Aerosyomka, aerofotosyomka- samolyotda joyning yuqoridan fotosuratini olish va shu fotosuratlar vositasida joyning plani va topografik xaritasini tuzish. Aerosyomka joyning ba’zi tafsilotlarini yoki inshootlarning fotosuratlarini olib, songra tayyor xaritaga tushirish uchun ham qo
llaniladi (aerofotorekognossirovka). Ba’zan aerosyomkaning vazifasi faqat joyning tutgan orni chegaralarini aniqlash bilan cheklanadi (yozuvsiz aerosyomka); ba’zan topografik o
lchashlar natijasida olingan relyef haqidagi ma’lumotlar aerosyomka yordamida olingan xaritalarga tushiriladi (murakkab – kombinatsiyalangan aerosyomka) Aerosyomka vositasida xarita tuzib, fotogrammetrik olchashlar natijasida relyefni shu xaritalarga tushirish ham mumkin (fotogrammetriya). Uchish, fotosurat olish va tayyor fotosuratlarni o
lchash natijasida joyning plani – xaritasi tuziladi. Aerosyomka topografik xaritalar tuzishda, geologiya, tuproqshunoslik tadqiqotlarida, ormonchilik va yer tuzish ishlarida, yo
l va gidrotexnik inshootlar qurish, harbiy ish va boshqalarda qo`llaniladi.