Barxan

Barxan — cho`llardagi kuchma qum tepalari. Shamol zo`ri bilan bir joydan ikkinchi joyga ko`chib yuradi. Barxan yiliga o`rta hisobda bir necha sm dan yuzlab m gacha ko`chadi. Qizilqum va Qoraqum cho`llarining ba’zi joylarida qattiq shamol vaqtida bir kecha-kunduzda yangi barxanlar paydo bo`ladi yoki ko`chib ketadi. Barxanlar tepadan qaraganda ko`pincha yoy, yarim oy shaklida bo`ladi. Shamolga ro`para yon bag`irlari qiya, shamolga teskari yon bag`irlari tik bo`ladi. Barxan balandligi 0,7 m dan 20 m gacha bo`ladi.