Biogeotsenologiya

Ma’nosi

Biogeotsenologiya — biogeotsenozlar haqidagi fan. Biogeotsenologiyaning asoschisi rus olimi V.N.Sukachyov. Biogeotsenologiya ko`p jihatdan landshaftshunoslikka yaqin. Biogeotsenologlar, asosan, eng kichik tabiiy komplekslarning strukturasi hamda ulardagi turli tabiiy hodisa va jarayonlarni (chunonchi, komponentlararo modda va energiya almashinuvini) o`rganish bilan shug`ullanadilar. Biogeotsenologiyada biogeotsenozlarni miqdoriy jihatdan tasvirlash hamda eksperimental va statsionar o`rganishga asosiy e’tibor beriladi.

O‘xshash so‘zlar

B harfiga oid geografiyaga oid ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar