Buloq

Buloq – yer osti suvlarining yer yuzasiga tabiiy holda chiqishi. Buloq suvli qatlamlar yer yuzasiga chiqib qolgan joylarda-vodiylar, soylar, jarlar, tog` yon bag`irlari, tog` etaklarida chiqadi. Buloqlar bosimli va bosimsiz bo`ladi. Bosimsiz buloqlar mahalliy suvlarning singishidan vujudga keladi. Bosimli buloqlar suv o`tkazmaydigan qatlamlar tagidagi suvli qatlamlardan chiqadi. Doimiy muzloq yerlarda, qurgoqchil o`lkalarda mavsumiy buloqlar bo`ladi. So`nmagan vulkanlar bo`lgan, yer ostidan chiqqan jinslar hali sovib ulgurmagan joylarda issiq buloqlar chiqadi. Issiq buloqlar suvida turli tuzlar, elementlar erigan bo`ladi. Bular mineral buloqlar deyiladi. (Toshkent, Chortoq, Obigarm va boshqa mineral suvlar).