AKSIONERLIK JAMIYATLARI
AKSIONERLIK JAMIYATLARI – mas’uliyati cheklangan firmalarning eng keng tarqalgan shakli bo’lib, odatda, kо‘proq foyda olish maqsadida moddiy, mehnat va pul resurslarini birlashtirgan uyushma hisoblanadi. Aksionerlik jamiyatlari ochiq va yopiq turda bo’ladi. Ochiq turdagi aksionerlik jamiyatida aksiyalarni erkin sotib olish va sotish mumkin. Yopiq turdagi aksionerlik jamiyatida esa aksiyalar bir necha kishilar (korxonalar)ga tegishli bo’lib, bozorda erkin sotib olinishi mumkin emas.