BEVOSITA TA’SIR KO’RSATUVCHI TASHQI MOLIYAVIY MUHIT

BEVOSITA TA’SIR KO’RSATUVCHI TASHQI MOLIYAVIY MUHIT – korxonaning kontragentlar bilan moliyaviy operatsiyalar va bitimlar bo’yicha moliyaviy munosabatlari jarayonida shakllanadigan, tashkilotga, uning moliyaviy faoliyat shakllari va natijalariga ta’sir etuvchi shart-sharoitlar va omillar tizimini tavsiflaydi. Bunda bevosita ta’sir ko’rsatuvchi tashqi moliyaviy muhit bevosita kommunikativ (o’zaro bog’liq) aloqalar jarayoniga ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bunday kontragentlar bilan moliyaviy faoliyat bo’yicha samarali moliyaviy munosabatlarni amalga oshirish korxona uchun ijobiy bo’lgan tegishli shart-sharoitlar va omillar tizimini boshqarish imkonini beradi.