BIRJA KURSI
BIRJA KURSI – birjada muomalada bo’ladigan qimmatbaho qo’g’ozlar (aksiya, obligatsiyalar)ning sotuv bahosi. Aksiyalarning birja kursi dividend miqdorigato‘g‘ridan-to‘g’ri, pul bozoridagi ssuda fondi darajasiga esa teskari bog’liq bo’ladi. Aksiyalarning nominal bahosi uning kursiga ta’sir qilmaydi, chunki aksiyalar uni chiqargan korxona tomonidan sotib olinadi. Aksiyalardan farqli o’laroq, obligatsiyalarning nominal bahosi uning kursiga ta’sir qiladi. Binobarin, obligatsiyalarni sotib olish muddati qanchalik yaqin bo‘Isa, uning ta’siri shuncha ko’p bo’ladi. Aksiyalarning birja kursi obligatsiyalar kursiga qaraganda konyunktura jihatdan ko’proq o’zgarib turadi.