BIZNES REJA

BIZNES REJA – bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlikning barcha sohalarida qo’llanadigan muhim qurol hisoblanadi. Ish jarayoni haqida ma’lumot beradi. Uning yordamida firma o’sib borishi, istiqbolni belgilashi, daromadini ko’paytirishi mumkin. Biznes reja o’ta muhim moliyaviy hujjat sifatida firma faoliyatining barcha qirralarini tahlil qilishga yordam beradi. U nafaqat ichki hujjat, balki kredit olish uchun zarur bo’ladiganhujjatlardanbiridir. Biznes rejakorxonaning ish jarayonini tasvirlab, korxona rahbarlarining o’z maqsadlariga qanday erishishlarini, birinchi navbatda, ishning daromad keltirishni qay tariqa oshirish mumkinligini ko’rsatib beradi.