DISKONT

DISKONT – 1. Qimmatli qog’ozning amaldagi narxi bilan qiymat qoplanishi paytidagi narxi yoki belgilangan qiymati o’rtasidagi farq; moliyaviy vositani qiymat qoplanishi paytiga qadar belgilangan qiymatidan past narxda xarid qilish. 2. Valyutaning kelgusi kursi bilan darhol yetkazib berilgan paytdagi kursi o’rtasidagi farq. 3. Turli muddatlarda yetkazib beriladigan bir turdagi tovar narxlari o’rtasidagi farq. 4. Birja bitimlarida tovar sifati shartnomada kelishilganidan past bo’lganida narxdan chegirish. 5. Valyuta bitimlarida valyuta rasmiy kursidan pasayishga qarab chetga chiqish.