DISKONT
DISKONT –
- Qimmatli qog’ozning amaldagi narxi bilan qiymat qoplanishi paytidagi narxi yoki belgilangan qiymati o’rtasidagi farq; moliyaviy vositani qiymat qoplanishi paytiga qadar belgilangan qiymatidan past narxda xarid qilish.
- Valyutaning kelgusi kursi bilan darhol yetkazib berilgan paytdagi kursi o’rtasidagi farq.
- Turli muddatlarda yetkazib beriladigan bir turdagi tovar narxlari o’rtasidagi farq.
- Birja bitimlarida tovar sifati shartnomada kelishilganidan past bo’lganida narxdan chegirish.
- Valyuta bitimlarida valyuta rasmiy kursidan pasayishga qarab chetga chiqish.


