HARBIY KOMMUNIZM SIYOSATI

HARBIY KOMMUNIZM SIYOSATI (1918-1920) – Sovet davlatida qo’llanilgan, tovar-pul munosabatlari inkor etilgan, qat’iy taqsimot va to’la milliylashtirish hamda oziq-ovqat razvertkasi amalga oshirilgan, bir qancha ijtimoiy sohalar tekin bo’lgan (transport, elektr energiyasi, kommunal xizmatlar). Harbiy kommunizm davrida mamlakat og’ir inqirozga uchradi.