HUQUQIY SHAXS
HUQUQIY SHAXS — fuqarolik subyekti sifatida faoliyat yurituvchi, mustaqil balans, gerbli muhr va bankda hisob-raqamiga ega, nizom asosida faoliyat yurituvchi hamda bankrotga uchraganda, o’z mulki bilan javob beruvchi korxona.
HUQUQIY SHAXS — fuqarolik subyekti sifatida faoliyat yurituvchi, mustaqil balans, gerbli muhr va bankda hisob-raqamiga ega, nizom asosida faoliyat yurituvchi hamda bankrotga uchraganda, o’z mulki bilan javob beruvchi korxona.
HUKUMAT KORPORATSIYASI — davlat ixtiyoridagi korporatsiya bo’lib, u davlat ahamiyatiga ega bo’lgan tarmoqlarda tashkil etiladi va ularga xizmat ko’rsatadi.
HUJJATLAR ASOSIDAGI NAZORAT USULLARI — rasmiy va arifmetik tekshirish, yuridik baholash, mantiqiy nazorat, muqobil tekshirish, teskari hisob usuli, balans uyg’unligini tekshirish, qiyoslash, hisobotlarning sanoq bahosi kabi usullar kiradi.
HUJJATLASHTIRISH — korxona xo’jalik faoliyatini kuzatib borish, hisobga olinadigan xo’jalik operatsiyalarini nazorat qilish va aks ettirishning asosiy usulidir. Har bir xo’jalik operatsiyasi tegishli hujjatda rasmiylashtiriladi. Bu holat, odatda, operatsiyalar sodir … Read More
HUJJAT BILAN TASDIQLANGAN XARAJATLAR — operatsiya sanasi, summasi va xususiyatini aniqlash hamda ishtirokchilarini identifikatsiya qilish imkonini beradigan hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar
HUJJAT AYLANISHI — hisob jarayonida hujjatlarni tuzish vaqtida ularni arxivga topshirishgacha bo’lgan hujjatlar harakati. Korxonalarning xo’jalik bo’limlari (boshqaruv bo’limi, ishlab chiqarish sexi, uchastka, brigada va h.k.)da tuzilgan hujjatlar buxgalteriyaga topshiriladi. … Read More
HUDUDIY MEHNAT TAQSIMOTI — muayyan mamlakat doirasida ayrim hududlar yoki mintaqalardagi mehnatning ixtisoslashuvi. Har bir hudud doirasida ham ichki ixtisoslashuv yuz beradi.
HUDUDIY BOZOR — ma’lum hudud doirasida tovarlami oldi-sotdi qilish munosabatlari. Hududiy bozor mamlakat doirasidagi hududlar o’rtasida yoki bir necha chegaradosh davlatlar o’rtasida mehnat taqsimotining, binobarin, ishlab chiqarish, ixtisoslashuvining natijasidir.
HOZIRGI ZAMON IQTISODIY TA’LIMOTLARI — uch asosiy yo’nalishi mavjud: 1. Neoklassik (yangi klassik); 2. Keynschilik; 3. Institutsional.
HOSILDORLIK — bir birlik ekin maydoni (gektar, sotix va boshqa) hisobiga yetishtirilgan hosilning fizik miqdori.