FUQAROLARNING YILLIK JAMI DAROMADI
FUQAROLARNING YILLIK JAMI DAROMADI – ularning korxonada olgan pul va natural ko’rinishdagi barcha to’lanmalaridan iborat. Xorijiy valyutada olingan fuqarolarning daromadi soliqqa tortish maqsadlari uchun daromad olingan kundagi Markaziy bankning kursi bo’yicha milliy valyutada aniqlanadi. Fuqarolarning yillik jami daromadi tarkibiga (soliqqa tortish maqsadlari uchun) quyidagilar kiritilmaydi: pensiyalar; davlat ijtimoiy nafaqalari (vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo’qotganligi uchun nafaqalardan tashqari); kompensatsion to’lanmalar; moddiy yordam ko’rsatish summalari (tabiiy ofat munosabati bilan); davlat zayomi obligatsiyalari va lotereyalari bo’yicha yutuqlar; banklar va boshqa kredit tashkilotlaridagi omonatlar bo’yicha foizlar va boshqalar.