IQTISODIYOTNI ERKINLASHTIRISH
IQTISODIYOTNI ERKINLASHTIRISH – davlatlashtirishdan qaytish yoki bu davlatning iqtisodiy faoliyatidagi hukmronligini, monopol mavqeyini yo’qotib, iqtisodiyotni boshqarishda yagona davlat mexanizmi o’rniga aralash iqtisodiyotga xos bozor mexanizmiga keng yo’l berishni ifodalaydi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish iqtisodiyotni tartibga solishni to’la bozor mexanizmiga topshirish emas, balki bozor mexanizmibilan davlat aralashuvi optimal darajada bo’lishini ta’minlashdan iborat.