MAQSADLI SOLIQ IMTIYOZLARI

MAQSADLI SOLIQ IMTIYOZLARI – xo’jalik yurituvchi subyekt tomonidan davlatning maqsadli ijtimoiy, iqtisodiy, investitsion va boshqa dasturlari bajarilganligi uchun soliqqa tortish hajmining pasaytirilishi. Investitsion soliq kreditidan farqli ravishda o’zaro manfaatdorlik (o’zaro foydalilik) asosida mintaqaviy budjetga borib tushuvchi soliq summalari doirasida ijroiya hokimiyati organlari tomonidan har qanday korxonaga berilishi mumkin.