Ekzosfera
Ekzosfera (yunoncha yekzo – tashqi, sfera – shar) – atmosferaning eng siyrak tashqi qismi. Yer yuzasidan 450-800 km balandda boshlanib, bir necha ming km ga yetadi. Ekzosferada havo shu qadar siyrakki, yengil gaz (vodorod, geliy, kislorod) zarralari katta tezlik bilan harakat qilib, kosmik fazoga o`tib ketishi mumkin. Ekzosfera– yer atmosferasining ionasfera ustidagi tashqi qismi.