Geografiya tarixi

Geografiya tarixi — geografiyaning tarmog`i. Geografiya tarixi turli ijtimoiy-iqtisodiy bosqichlarda geografik bilimlarning vujudga kelishi, shakllanishi, ularning hozirgi darajasi hamda rivojlanish istiqbollarini tarixiy jarayon sifatida o`rganadi. Geografiya tarixi ikki asosiy qismdan: geografik kashfiyot va tadqiqotlar tarixi hamda geografiyaning fan sifatidagi tarixidan iborat. Geografiyaning fan sifatidagi tarixida uning predmeti, metodlari, nazariyasi va amaliy ahamiyatining asosiy rivojlanish yo`li – evolyutsiyasi o`rganiladi.