Globus
Globus– yerning kichiraytirilgan shakli.
Globus– yerning kichiraytirilgan shakli.
Glyatsial – lotincha «muzli» degan ma`noni anglatadi.
Geografik atlas – geografik xaritalarning albom shaklidagi to`plami. Liviyaning afsonaviy qiroli nomi.
Geografiya– fan. Yerni tasvirlab chizaman degan ma`noni anglatadi.
Golfstrim– Atlantika okeanining shimoliy qismidagi iliq oqim.
Gidrofitlar – suvda va nam sharoitda o`suvchi o`simliklar.
Gidroelektr stansiya – (GES) suv oqimi energiyasini elektr energiyaga aylantirib beradigan inshoot.
Gidroshaxta– yer ostidagi ko`mir qatlami kon ustiga yuqori bosimli suv oqimi ta`sirida chiqariladigan shaxta.
Gidrosfera– yer sharini okean va dengizlar, daryo va ko`llar, qar va muzliklar, tuproq, botqoqlik va yer osti suvlaridan iborat suv qobig`i.
Gidromorf tuproqlar – zax so`ruvchi tuproqlar. Zax yaqin yerlarda vujudga keladi.