Yonbag`ir

Yonbag`ir – bo`rtma, baland reylef shakllarining (tog`lar, tepalar, do`nglar) atrofdagi pastliklar bilan tutashgan yon qismlari. Yonbag`irlar shakliga ko`ra botiq, tekis, qabariq bo`ladi. Tekis yonbag`ir yuqorisidan tagigacha bir xilda qiya bo`ladi, etagi tekislikdan yaqqol ajralib turadi. Qabariq yonbag`iqning yuqori qismi suyrik (qiyaligi kam) bo`lib, pastga tomon tiklashib boradi. Botiq yonbag`irda yuqori qismi tik, pastga tushgan sari tikligi kamayib, etagi tekislikka asta-sekin qo`shilib ketadi. Yonbag`irning bu uch xil shakli uning taraqqiyot bosqichiga bog`liq; yosh yonbag`ir tik va qabariq bo`ladi.