Yonuvchi gazlar
Yonuvchi gazlar – yonuvchi uglevodorod gazlari. Yonuvchi gazlar orasida metan, etan, propan ko`pchilikni tashkil etadi. Yonuvchi gazlar tabiatda alohida konlardan ham chiqadi, neft bilan birga ham chiqadi. Yonuvchi gazlarga tabiiy holda azot, karbonat angidrid, vodorod sulfid, inert gazlar aralashgan bo`ladi. Yonuvchi gazlarning eng katta konlari G`arbiy Sibirda, O`rta Osiyoda, Volgabo`yi, Shimoliy Kavkaz, Ukraina, Uralda topilgan, shuningdek AQShda eng ko`p qazib chiqariladi, Yaqin va O`rta Sharqda, Shimoliy Afrikada, Kanada, Venesuelada ham katta konlari bor.
O‘xshash so‘zlar
- Yonuvchi
- Yonuvchanlik
- YONUVCHI ARALASHMA
- YONUVCHI SLANESIAR
- YONUVCHI TABIIY GAZLAR
- Yonuvchan bo’lmagan (yonmaydigan) material va moddalar
- Yop, yob
- Yopiq dengiz





