Quyun

Quyun – atmosferada vujudga keladigan kuchli uyurma shamol. Ko`pincha momaqaldiroqli bulutlarda hosil bo`ladi. Eni dengiz ustida bir necha o`n m, quruqlikda bir necha yuz m, balandligi 800- 1500 m bo`lishi mumkin. Qyunda havo odatda soat strelkasiga teskari aylanadi, ayni vaqtda spiral kabi yuqoriga ko`tarilib, chang yoki suvni o`ziga tortadi. Sekundiga 50-100 m tezlik bilan aylanadi, yer yuzasi bo`ylab sekundiga 10-20 m tezlikda harakat qiladi va 40-60 km gacha davom etadi. Quyun tromb, AQShda tornado deb ataladi.