ALLIL TSIANID

ALLIL TSIANID (3-butennitril), CH2=CHCH2CN — rangsiz suyuqlik; molekulyar modda 67,09; suyuqlanish temperaturasi — 86,8°, qaynash temperaturasi 118,5°; zichligi 837,7 kg/ M1. Suvda eruvchanligi 3,8% (20°da). Organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Suv bilan azeotrop aralashmalar hosil qiladi. Allil tsianid alifatik to’yinmagan nitrillarning xossalariga ega. Ishqoriy muhitda izomerlanib krotononitril (Sn3snqsn>) ning tsis va transizomerlari aralashmasini hosil qiladi. Shuning uchun Allil tsianidning ishqoriy muhitdagi gidrolizida kroton kislota SN3SN=SNSOON, kislotali muxitdagi gidrolizida esa vinilsirka kislota SN2=SNSN2SOON hosil bo’ladi. Allil tsianid allil bromid (allil xlorid) ga bevosita CuCN yoki allil xloridga rn 3-6 bo’lgan suvli muhitda CuCl katalizatorligida HCN (NaCN) ta’sir ettirib olinadi.