Paleogeomorfologiya
Paleogeomorfologiya – geomorfologiyaning o`tmish geologik davrlardagi reylef shakllarini o`rganuvchi tarmog`i. Paleogeomorfologiyaning asosiy ob’ekti ko`milib qolgan reylef shakllarini (eski o`zanlar, vodiylar, jarlar va h.k.) hamda denudatsiya protsessida ochilib qolgan qadimgi reylef shakllarini o`rganishdir. Paleogeomorfologiya qadimgi reylef shakllarini tasavvur qilishga imkon beradi.
O‘xshash so‘zlar
- Paleoglyatsiologiya
- Paleoiqlimshunoslik
- Paleontologiya
- Paleozoy erasi, paleozoy
- Pampa
- Pangeya
- Parallellar
- Parlamentar tuzum











