Mahalliy vaqt
Mahalliy vaqt – Yer yuzasidagi har bir joyning o`z astronomik vaqti. O`rta Quyosh quyi kulminatsiyada bo`lganda mahalliy vaqt 00 soat 00 daqiqa bo`ladi. Mahalliy vaqt har bir joyning geografik uzunligiga bog`liq. Bir meridianda joylashgan hamma nuqtalar uchun mahalliy vaqt bir xil bo`ladi.