Mahalla

Mahalla — O’zbekistonda ma’muriyhududiy birlik; o’zini o’zi boshqarishning xalqimiz an’analari va qadri-yatlariga xos bo’lgan usuli. M. ta- rixi qadim zamonlarga borib taqaladi. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, jez davrining yodgorligi bo’lgan so- pollitepapya 8 ta oila yashagan. Ularni faqat urug’jamoasigina emas, balki i.ch. manfaatlari ham birlashtirib turgan. Keyinchalik ularning safiga patriar- xal tizim asosida 100 dan ortiq oilalar kelib qo’shilgan. Katta oilalar jamoa- sini ular orasidan saylangan oqsoqol boshqargan. Oqsoqollar o’z navbatida oliy oqsoqollar Kengashiga Birlashgan. Oqsoqollar, odatda, jamoa — qishloq hayoti b-n bog’liq barcha masalalar- ni oliy kengash orqali hal qilishgan. Mil. AV. 3-a.dan mil. 5-a.ning boshlari- gacha Farg’ona (Parkana) davlatida ham oqsoqollar kengashi muhim vazi-falar- ni hal etgan. Kengash, asosan, sulh tu- zish, Vazirlar tarkibi va soliqlarni tayinlash, urush e’lon qilish, jamoa ishlariga safarbar etish kabi masalalar b-n shug’ullangan. «Mahalla» atamasi Arabcha bo’lib, «o’rin-joy» degan ma’noni anglatgan. U turli mintaqalarda Mahallot (joy), guzar, jamoa, elat, elod nomlarda ata- lib kelingan. Adabiyotlarda M.larning ko’p ming yillik tarixga ega ekanligi haqida ma’lumotlar uchraydi. Mac, Nar- shaxiy o’zining «Buxoro tarixi» asari- da Buxoroda bundan 1100 y. ilgari bir qancha M.lar bo’lganini qayd etib o’tgan. Alisher Navoiy o’zining «hayrat ul- Abror» asarida M.ni «mahalla shahar ichidagi shaharcha»dir deb ta’riflaydi, Hirot sh. yuz shaharcha ahamiyatiga ega bo’lgan M.lardan tashkil topganligi- ni aytib o’tadi. M.lar, ayniqsa, Amir Temur davrida ravnaq topgan. M.lar fuqarolarning kasbkori asosida shak- llangan va shunga qarab nomlangan. Mas, zargarlik, misgarlik, ko’nchilik, pichoqchilik, qoshiqchilik, temirchi, egar – chi, Taqachi va h. k. M. qadimda mahalliy hokimiyatning o’ziga xos bir shakli, ko’rinishi tarzida faoliyat ko’rsatgan. M.ni boshqarish jamoatchilik asosida olib borilib, o’zining yozilmagan ichki tartibqoidalariga ega bo’lib, u hamma uchun birdek qonuniy hisoblangan. M. kichik ma’muriy hudud bo’lishi b-n birga, turmush tarzi, qadriyatlar, an’analar, urf-odatlar umumiyligi b-n bog’langan kishilar jamoasi birligi- dir. Tarixning turli bosqichlarida dav- rlar, tuzumlar o’zgarishiga qarab M.ning vazifalari ham o’zgarib turgan. 20-a.ning boshlaridayoq M.lar daha boshliqlari — mingboshilar saylay- digan yuzboshi (oqsoqollar) tomonidan boshqarilgan. Yuzboshi va uning yordam- chilari M.dagi barcha jamoat ishlari va marosimlarni boshqarganlar, shuning- dek, fuqarolarning shahar yig’inlari va shahar muassasalarida M. manfaatlari- ni himoya qilganlar. M.ning asosiy vazifalari: marosim- larni birgalikda o’tkazish, o’z hududini batartib saqlash va obodonlashtirish, yosh avlodni ijtimoiy ruhda tarbiyalash, ja- miyat hayotida tartib saqlanishini ta’- minlash, barcha an’anaviy me’yorlarning bajarilishi ustidan nazorat o’rnatish, urf-odatlarga rioya qilish va ularni buz- gan, jamoat maj-buriyatlaridan bo’yin tovlaganlarni jazolashdan iborat bo’lgan. M. rahbari-yati ariq-hovuzlarni tozalash, ko’chalar, yo’llar qurish va M. obodonchiligi b-n bog’liq boshqa jamo- at ishlarini uyushtirganlar. Bu ishlar- ning barchasi birgalikda hashar yo’li b-n amalga oshirilgan. M. jamiyatimizning tuzilmasi si- fatida tarixan bir qancha rivojlanish bosqichlarini bosib o’tdi. U 20-a.ning 1-choragida o’zining an’anaviy shaklini oldi. Sovet hukumati M.ga o’z umrini yashab bo’lgan o’tmish sarqiti sifatida qaradi. Shundan kelib chiqib, u an’anaviy mil- liy boshqaruvlarni bekor qilish yo’li b-n bu erda sanoatlashgan «ilg’or» jami- yatni qaror toptirish siyosatini joriy etishga kirishdi. 20-y.lar boshlaridan sovet hukumati M.lar vazifasini che- klash, o’ziga bo’ysundirishga intildi, bu hol M. faoliyatiga o’z ta’sirini o’tkazdi. Biroq M. o’zining yashovchanligini namo- yon etib, an’anaviy xayot va aloqa tarziga qarshi har qanday hujumlarga va ular- ni yo’qotish yo’lidagi urinishlarga dosh berdi. U ilgarigi hayot tarzi, urf-odat va rasmrusumlarni saklab qoldi. 20-30-y.larda M. eski turmushga qarshi «hujum»da — paranji tashlash va xotinqizlarni ozodlikka chiqarish harakatida ishtirok etdi. Shu b-n birga M. savodsizlikni tugatish, ommani ma’- rifatli qilish, joylarni obodonlashti- rish (yo’l, choyxona, maktablar qurilishi) da muhim ahamiyat kasb etdi. 1932 y. 17 apr.da O’zbekistonda birinchi marotaba shaharlardagi M. qo’mitalari to’g’risida Nizom chikdi. 1935— 36 y.larda M.larda oqsoqol bosh- chiligida M. qo’mitalari tashkil etilib, aholi o’rtasida olib boriladigan barcha ishlarni rais boshqargan. 2-jahon urushi davrida M. Baynal- milalchilik tabiatini namoyon etdi. Urush davrida M. qo’mitalari armiyaga chaqiruvni tashkil etish, aholidan po- silka jo’natish, ko’chirib keltirilgan aholini, bolalarni joylashtirishda faol ishtirok etdi. 1961 y. avg.da O’zbekiston Oliy kenga- shi tomonidan chiqarilgan «Respublika shahar, qishloq, posyolkalaridagi va ovul- laridagi M. qo’mitalari to’g’risida»gi Nizomda ham M.ga yuridik shaxs maqomi berilmagan edi. «M. qo’mitalari biron- bir moliyaviy xo’jalik faoliyati b-n shug’ullanishi mumkin emas, ular oldi- sotdi, ijaraga berish ishlarini baja- rishda qatnashishlari mumkin emas» edi. M.ning huquq va vakolatlari cheklangan edi. O’zbekiston mustaqillikka erish- gach, M.larga bo’lgan munosabat tubdan o’zgardi. O’zR Konstitusiyasining 105mod- dasiga va 1993 y. sent.da qabul qilingan «fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari to’g’risida»gi qonunga binoan, M.lar o’z huquqiy maqomiga ega bo’lib, mahalliy hokimiyat tarkibiga kirdi. M. lar davlatning joylardagi muhim tayanchi, yuridik shaxs sifatida o’z mol- mulkiga, moliyaviy byudjetiga, bankdagi hisobkitob raqamiga — jamg’armasiga egadir. Bu qonunga asosan, har bir M. o’z hududida i.ch.ni tashkil etishi, ki- chik korxonalar ochishi, o’zi ishlab chiqargan mahsulotni sotishi, uning bir qismini M.dagi ehtiyojmandlarga bepul tarqatishi, o’z hududidagi aholini ish b-n ta’minlashi, aholiga madaniymai- shiy xizmat ko’rsatishi mumkin. Hoz. paytda M.larning bozor iqtisodiyoti qonunlari asosida, o’z fao- liyatlarini tashkil etishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratildi. Ular, to’yma’raka marosimlarini o’tkazish, hasharlar uyushtirish, oilaviy nizolarni Barta- raf etish, bemorlar holidan xabar olish ishlari b-n shug’ullanadi. Ko’pchilik M.larning o’z masjidi bor, turli ma’- rakalar uchun kerakli ashyolar (doshqozon, idishtovoq, choynak-piyola, tobut va b.) mavjud. 90-y.larda M. hokimiyatning ras- man quyi yuridik organiga aylandi. M. vazi-falari ancha kengaydi, u demokra- tik davlatning eng muhim bo’g’inlaridan biri. M. va uning aholisining ham ijtimoiy-iqtisodiy, ham madaniy yuk- salishiga har tomonlama yordam berish, milliy an’ana va urf-odatlarni boyi- tish, M. qo’mitalari ishlarini muvofi- klashtirish, M.lardagi kam ta’minlan- gan oilalar, keksalar, faxriylar, nogi- ronlar, ko’p bolali oilalar, etim-esir- lar, baynalmilalchilar manfa-atlarini har tomonlama himoya qilish maqsadida 1993 y. 17 avg.da O’zbekiston «Mahalla» xayriya jamg’armasi tashkil etidtsi. «Mahama» gaz. chiqa boshladi. O’zbekiston Respublikasi Prezi- Denti I. A. Karimov M.ning hoz. zamon jamiyatidagi mohiyati va ahamiyatiga quyidagicha baho beradi: «o’z-o’zini boshqarishning xalqimiz an’analari va qadriyatlariga juda xos bo’lgan usuli — mahallalar tizimi so’nggi yillarda juda katta nufuzga ega bo’lib bormoqda. Ular amalda o’z huquqlaridagi barcha ishlar uchun mas’uldirlar. Zero, mahallaning qo’lidan kelmaydigan ish yo’q. Uning nufuzini ko’tarish, bilingki, nafaqat iqtisodiy, nafaqat ijtimoiy, balki bu siyosiy, tarbiyaviy, ulkan ma’naviy masa- ladir. Biz mahallalarga shu nuqtai na- zardan qarashimiz lozim». Har bir M. aniq tashkiliy tuzilma- ga ega. Unga M.ning umumiy yig’ilishida saylanadigan M. kengashi rahbarlik qiladi. Kengash o’z tarkibidan rasman M. yig’ini raisi (oqsoqol)ni, o’rinbosari va kotibini saylaydi. Bundan tashqari, M. Kengashiga keksa, tajribali kishi- lardan M. oqsoqoli maslahatchilari ham saylanadi. Kengash huzurida to’y maro- simlarini o’tkazish, xotinqizlar, yoshlar, urush va mehnat faxriylari b-n ish olib boruvchi, jamoat tartibini saqlash, obo- donlashtirish, turar joy fondlarini saqlash va h.k. bo’yicha komissiyalar tuzi- ladi.M. rahbariyati 2,5 y.ga saylanadi va har yili aholi oldida hisobot bera- Di. Joriy masalalarni hal etish uchun M. kengashi oyda bir marta yig’iladi. Endilikda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari yuridik shaxs maqomiga ega bo’lib, belgilangan namu- nadagi muhrga ega hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida ro’yxatga olina- Di. 1998 y. 23 apr.da O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish or- ganlarini qo’llab-quvvatlash haqida»gi farmoniga ko’ra, M. rahbariyatining (rais, kotib) faolligini oshirish, ij- timoiy muhofaza qilish va qo’llab- quvvatlash maqsadida ularning ish haqi oshirildi, pensioner raislarga pensi- yani to’liq olishlariga ijozat berildi. Natijada M. rahbariyatining manfaat- dorligi va nufuzi ortdi. Fuqarolik jamiyatini qurish, al- batta, kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari bosqichma-bosqich o’tish orqali ro’y beradi. 1999 y. 14 apr.da O’zbekiston Res-publikasining «fuqarolarning o’z- o’zini boshqarish organlari haqida»gi (yangi tahrirda) qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun fuqarolarning o’zini- o’zi boshqarish organlari faoliyatida tub burilish yasadi. Yangi tahrirdagi qonunning 7moddasiga asosan, fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish or- ganlari davlat hokimiyati organlari tarkibiga kirmaydi deb to’g’ridan-to’g’ri belgilab qo’yildi. Bu qonunda M. baja- rishi zarur bo’lgan vazifalar belgilab berilgan. M.ga yuqorida sanab o’tilgan vazifalardan tashqari, yangi vazifalar yuklatilgan. U o’z hududida savdo va ma- ishiy xizmatni, sanitariya va ekologik holatni nazorat qilishga ko’maklashadi, yong’in xavfsizligi, turar joy fondi- ni saklash, aholidan soliq va majbu- riy to’lovlarning o’z vaqtida to’shishini ta’minlashga yordam beradi. Ana shu pul mablag’lari tushumining muayyan miqdori o’z-o’zini boshqarish organlari jamg’armasiga o’tkaziladi. Bu mablag’kam ta’minlangan oilalarning uy-joy, kom- munal xizmatlari to’lovlariga, shuning- dek, M.ni obodonlashtirishga sarflana- Di. Endilikda, har bir M. o’z madaniy markazini, guzarini qurib, shu erda choy- xona, novvoyxona, do’kon, maishiy xiz- mat shoxobchalari, turli sport o’yinlari maskanini barpo etmoqda. M. qo’mitasi tashabbuskor jamoat tashkilotidir. M.da xo’jalikmadaniy qurilish tadbir- larini amalga oshirish, uning hududini obodonlashtirish, uy-joylarni va hududdagi shahar xo’jaligini saqlash, ozodalikni ta’min etish, tartibqoidani mustahkamlash va h.k. uchun sharoit mav- jud. M.larning ahamiyati mustaqillik sharoitida kun sayin o’sib bormoqda. Ular mamlakatimizda tinchlik, osoyish- talik va barqarorlikni ta’min etish- da, omma kuch-g’ayratini bunyodkorlik- ka yo’naltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. O’zbekiston Respublikasi Preziden- ti I. A. Karimovning tashabbusi b-n 2003 y. O’zbekistonda «Obod mahalla yili» deb e’lon qilindi. Shu munosabat b-n O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2003 y. 7 Fev.da qabul qilgan «Obod mahalla yili» dasturiga bino- an, M. nufuzini ko’tarishga qaratilgan muhim vazifalar amalga oshirildi. O’zbekiston Respublikasida jami 9627 fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organi faoliyat ko’rsatadi, shulardan 6855 tasi yuridik shaxs maqomiga ega. Ad.: Karimov I. A., Bizdan ozod va- obod Vatan qolsin, T., 1996; Maliskiy N. G., Toshkent mahalla va mavzelari, T., 1996; Mahalla: o’zini o’zi boshqarish huquqiy kafolati (Qonunchilik va me’yo- riy hujjatlar to’plami), T., 1999; tosh- kent mahallalari: an’analar va zamona- viylik, T., 2002. Davron Shorahmedov.