TENGLIK

TENGLIK — 1) ijtimoiy tenglik – jamiyatda odamlarning ijtimoiy ahvoli tengligini anglatuvchi tushuncha. Liberal talqinda ―imkoniyatlar tengligi. Jamiyatdagi barcha shaxs, qatlam, guruh, partiya va shu kabining qonun oldida baravarligini ifodalovchi tushuncha; adolatli jamiyatning asosiy tamoyillaridan biri. Tenglik ta‘minlangan jamiyatda uning barcha a‘zolari yashash, ta‘lim olish, mehnat qilish, erkin kasb tanlash, mulkdor bo’lish, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish, qariganda, mehnat layoqatini yo’qotganda ijtimoiy ta‘minot olish, fikrlash, so’z va e‘tiqod erkinligi, saylash va saylanish kabi huquqlarga ega bo’ladi.2) siyosiy tenglik – barcha fuqarolar huquqlar va erkinliklar jihatidan tengligi (garchand ular o’zlari ega siyosiy va boshqa resurslarga ko’ra farqlansalarda) va ularning kafolatlanganligidir.