TEOKRATIYA

TEOKRATIYA (yun. theos – xudo va …kratiya) — davlat boshqaruv shakli, bunda davlat (odatda, monarxiya davlati)ning boshlig’i bir vaqtning o’zida diniy boshliq ham hisoblanadi. Teokratik davlatlarga masalan, imom Shomilning Chechenistonda va XIX asrda Kavkazni istilo qilish paytida chor qo’shinlariga uzoq vaqt qarshilik ko’rsatgan Chechenistonga yaqin hududlardagi boshqaruvi teokratik xususiyatga ega bo’lgan. Papa viloyati 1870-yilda Italiya birlashishidan oldin teokratik davlat bo’lgan edi. 1951-yil Tibet XXRga qo’shilgunga qadar Dalaylama (lama ruhoniylarining rahbari) Tibetdagi dunyoviy hokimiyatni ham boshqargan. Rim katolik cherkovining oliy rahbari Papa bir vaqtning o’zida Vatikan davlatining ham boshlig’i hisoblanadi. Teokratik tamoyillar fuqarolar ijtimoiy va shaxsiy hayotining barcha tomonlari (diniy bayramlar va marosimlarga davlat maqomi berilishi, sud ishlari diniy qonunlar bo’yicha yuritilishining tiklanishi, boshqa din vakillari quvg’in qilinishi va shu kabi) diniy tartiblar orqali belgilanishi kuchayishi bilan kechadi.