TOTALITARIZM

TOTALITARIZM (lot. totalis – yaxlit, to’liq) — 1) davlat boshqaruv shakllaridan biri (totalitar davlat). Totalitarizmda jamiyat hayotining barcha sohalari ustidan davlatning yalpi, to’la (total) nazorati o’rnatiladi, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklar tugatiladi, bir shaxs, ijtimoiy guruhning (masalan, harbiylarning yoki bir partiyaning) yakkahokimligiga so’zsiz bo’ysuniladi, muholafat va o’zgacha fikrlovchilar qatag’on qilinadi (masalan, XX asrning 20-yillari oxiridan boshlab fashistlar Italiyasidagi, natsistlar Germaniyasidagi Totalitarizmning turli shakllari, SSSRdagi kommunistik rejim, Ispaniyadagi frankizm va boshqa); 2) etatizm, avtoritarizmni oqlovchi siyosiy tafakkur yo’nalishi. XX asrning 20-yillaridan Totalitarizm Germaniya va Italiyadagi fashistlarning rasmiy mafkurasiga aylangan.