Gudzon qo’ltig’i
Gudzon qo’ltig’i – shimoliy Muz okeanining quruqlik ichkarisidagi dengizi, Kanada hududida. Sharqda Gudzon bo’g’ozi orqali Atlantika okeani bilan, shimolda bo’g’ozlar orqali shimoliy Muz okeani bilan tutashgan. Maydoni 848 ming km2. O’rtacha chuqurligi 112 metr, eng chuqur joyi 258 metr. Xavoning o’rtacha temperaturasi yanvarda -22° dan -31° gacha, iyulda 5° dan 15° gacha; suv oktabrdan iyulgacha muzlaydi. Sho’rligi 23,0—30,5%”. Suv har yarim sutkada 7,9 metrga ko’tarilib-pasayib turadi. Baliq va tyulen ovlanadi. Asosiy portlari: Cherchill, Port-Nelson. Gudzon qo’ltig’ini ingliz dengizchi sayyohi G. Gudzon 1610 yilda kashf qilgan va uning nomi bilan atalgan.