AMIR MADRASASI
AMIR MADRASASI-Xivadagi me’moriy yodgorlik (1870). To’g’ri to’rtburchak tarhli (52,7×36,7 metr), hovlisi (30,7* 19,35 metr) atrofiga tomi balxi gumbaz bilan yopilgan hujralar qurilgan. Madrasaga salobatli peshtoq orqali kiriladi. Peshtokning ikki yonidagi ikki qavatli (hujralar oldidagi) ravoqli ayvonlar, bosh tarzining ikki burchagiga ishlangan guldasta binoga mahobatlilik baxsh etgan. Hovlida hujralarga tutashtirib yoni ochiq, tepasi gumbaz bilan berkitilgan masjid ayvoni qurilgan. Darsxona va masjid (5×5 metr) ham gumbaz bilan yopilgan, bosh tarzi bezaksiz — nihoyasiga yetkazilmay qolgan, hovli devorlari koshin bilan bezatilgan.