AMIR MASTI QOBUZIY

AMIR MASTI QOBUZIY (15-asr oxiri, Hirot — 16-asr boshlari, Buxoro) — sozanda, bastakor, hofiz. Abdurahmon Jomiyning shogirdi. Amir Masti Qobuziyning g’oyat xushovoz ekanligini payqagan Jomiy, unga moslab “Imoma” nomli maxsus naqsh bastalagan va bu asarni ijro etish yo’llarini Amir Masti Qobuziyga o’rgatgan. Darvish Alining “Tuhfat Us-surur”ida bayon etilishicha, Amir Masti Qobuziy keyinchalik Hirotdan Buxoroga ko’chib o’tgan. Bu yerda u Buxoro hofizlariga ustozlik qilgan. Buxoroning Shayx Ahmad, Hofiz Maxmud, Nasafiy, Hofiz Turdi, Hofiz Qosim, Hofiz Xasan Darbozai Obiy, Hofiz Poyondai Muhammad singari mashhur san’atkorlari Amir Masti Qobuziyning shogirdlari.