SFERIK TRIGONOMETRIYA
SFERIK TRIGONOMETRIYA — matematikaning sferik uchburchaklarning tomonlari bilan burchaklari orasidagi bog’lanishni o’rganuvchi bo’limi. Sferik trigonometriya tekislik trigonometriyasidan ancha oldin vujudga kelgan. To’g’ri burchakli sferik uchburchaklarni yechish bilan yunon matematiklaridan Menelay (1-asr) va Ptolemey (2-asr) shug’ullangan. Ixtiyoriy sferik uchburchaklarning asosiy formulalarini o’rta asr Sharqi olimlaridan Ibn Iroq va Abulvafo topgan. Sferik uchburchaklarni echishning barcha hollarini Nasriddin Tusiy o’rgangan.