Nervizm

Nervizm — odam va yuqori darajada tuzilgan hayvonlar organizmidagi barcha funktsiyalar va fiziologik jarayonlarni boshqaruvchi bosh omil — nerv sistemasi degan g’oyaga asoslangan yo’nalish. Nervizm terminini fanga I. P. Pavlov kiritdi (1883), S. P. Botkin, I. M. Sechenov va uning izdoshlari asarlarida Nervizm g’oyasiga asos solindi. Asosiy Nervizm I. P. Pavlovning oliy nerv sistemasi, shartsiz reflekslar va shartli reflekslar qaqidagi ta’limotidir. Hoz. neyro-gumoral regulyatsiya haqidagi tushunchaga ko’ra, organizmdagi fiziologik jarayonlarni boshqarishda nafaqat nerv sistemasi, balki gormonal-gumoral omillar ham ishtirok etadi.