Mirza
Mirza-1. Amirzoda so’zining qisqartirilgan shakli. Sharqda podshoh xonadoni a’zolarining unvoni bo’lib, ismdan keyin qo’shib aytiladi. 2. XIII asrdan XX asr boshlariga qadar Rossiyadagi ko’chmanchi turkiy xalqlar (tatar, no’g’on va boshqalar)ning yirik feodallari hamda ayrim o’rda va qabila boshliqlarining umumiy nomi. 3. Buxoro amirligi va Qo’qon xonligida mirzaxonada mirzaboshi rahbarligida ish olib boruvchi kichik mansabdor.