Mirzacho’l

Mirzacho’l — Urta Osiyodagi te- kislik. Uzbekistonning Sirdaryo, Jiz- zax viloyatlari, Qozog’istonning Jan. Qozog’iston viloyati va Tojikistonning Zafarobod tumani xududlarida. Mayd. 10 ming km2, bal. 230 -385 m. Sharqda Sirdaryo, Jan.da Turkiston va Nuro- ta tog’larining tog’oldi tekislikla- ri b-n chegaradosh. G’arbda asta-sekin Kizilqumga tutashib ketadi. Qizilqum b-n M. orasidagi tabiiy chegara arna- soy botig’idan o’tadi. M. Sirdaryoning lyossimon qumoq va qumloqlardan tar- kib topgan uchta ko’hna qayiri (terrasa- si)da joylashgan, Jan. qismi tog’lardan oqib tushuvchi mavsumiy oqar suvlar- ning prolyuvial, prolyuvial-allyuvial va allyuvial yotqiziqlaridan tuzilgan. M.ning bir necha bor dengiz bosishi natijasida bu erda, asosan, karbo- natli, gipsli va gilli sho’r jinslar to’planib qolgan. M. to’rtlamchi davr- dagi Alp tektonik harakatlari nati- jasida cho’kkan. Golosen epoxasida yangi tektonik harakatlardan Sirdaryoning 1-, va 2-ko’hna qayirlari paydo bo’lishi b-n 3-ko’hna qayirda sizot suvlari Pa- sayib, tuproq va ustki qatlamlar Vu- judga kelgan. Erlar sug’orilganda ana shu qatlamdagi tuzlar er yuzasiga chiqib qoladi. M.ning er yuzasi tekislik, shim. va shim.-g’arbga qiya. Jan. qismida chuqur jarliklar, Sirdaryo vodiysida qoldiq o’zanlar va o’rqirlar bor. Markaziy va shim. qismlari tekis. Sirdaryoga 6-20 m chuqurliqdagi jarlik hosil qilib tu- shadi. M.ni Jan.-sharkdan shim.-g’arbga Ettisoy, Sardoba, Qoraqaroy, Sho’ro’zak kabi o’zansimon pastliklar — sirda- Ryoning eski o’zanlari kesib o’tgan. Bu pastliklarning eng keng joyi 18 km, chuq. 9-10 m. Iqlimi kontinental. Ur- tacha yillik t-ra Shimoliy qismida 12,5, Jan. da 15,g. Iyulning o’rtachi t-rasi 26 — 30°, yanv.niki 0,8—4°. Yozi nihoyatda issiq (ba’zan 40-47°). Yillik yog’in miqdori 200-300 mm, tog’oldi qismida 310-428 mm, ko’proq bahorda yog’adi. Te- kislikka Bekobod shamolining ta’siri kuchli (ba’zan shamolning tezligi 46 m/ sek. ga etadi), bug’lanishni kuchaytira- Di, sho’rlanish jarayonini tezlashtiradi. Turkiston va Molguzar tog’laridan Sang- zor daryosi, Zominsuv, Xo’jamushkentsoy, Pishag’arsoy, Rabotsoy va b. oqib tushadi. Bu soylar bahorda to’lib oqadi. Sirdaryo qayirlarida ko’l va botqoqliklar ko’p. Ko’llarning suvi sho’r. M.da sizot suvla- ri tog’oldi tekisliklarida 20-120 m, tekislik qismida esa 0,3 m chuqurlikda, sho’rligi 30 g/l dan ortiq, tarkibida xlorid tuzlari ko’p. Markaziy qismida sizot suvlarining oqimi nihoyatda se- kin va ancha sho’r. M.dagi prolyuvial te- kisliklarda tipik bo’z, Markaziy va tog’ oldi qismlarida och bo’z, o’zansimon past- liklarda sho’rxok, sho’rtob, Daryo vodiy- sida allyuvial-o’tloqi, o’tloqi, o’tloqi- botqoq tuproqlar tarqalgan. Markaziy qismidagi och bo’z tuproqlarning ustki qatlami (1-3 m) sho’rlanmagan, ostki qatlamdagi qumoq va qumloq yotqiziqdar kuchli sho’rlangan. M. tuproqlari juda sho’r va sizot suvlari yuza bo’lganidan maxsus Meli- orativ tadbirlar amalga oshiriladi. M.ning sho’rlanmagan erlarida qo’ng’ir- bosh, rang, oqquray, kovrak, qizil burgan, sho’rlangan erlarida oq shuvoq, oq jusan, keyreuk, yulg’un, sho’rxoklarda sarisa- zan shoxilak, qorabaroq, ajriq, kurmak o’sadi. Ko’pgina arxeologik topilmalar M. da qad.da dehqonchilik qilinganidan darak beradi. Qad.da qazilgan O’rimboy- o’g’uz va eski Tuyatortar kanallarning qoldiqlari hozirgacha saqlanib qolgan. M. da 1895 y.da uz. 84 km bo’lgan kanal qurilgan va 7600 ga er sug’orilgan. 1913 y. Knyazariq (hoz. Do’stlik kanali) ishga tushirilgan. 1911 y. sug’oriladigan erlarning mayd. 12 ming ga bo’lgan. 1910 y.dan 1914 y.gacha 95 ming ga er o’zlashtirilib, shundan 60 ming ga er sho’rlanish va botqoqlanish natija- sida ishdan chiqqan. Imkon qadar ko’proq paxta xom ashyosi etishtirish va uni me- tropoliyaga tashib ketish maqsadida Moskva, Petrograd va b. shaharlardan texnika va mutaxassislar kela boshladi. Sug’oriladigan erlar maydoni 1921 y.da 20 ming ga, 1924 y.da 50 ming ga, 1928 y.D 67 ming ga gacha etdi. M.ga respublika- ning aholisi zich tumanlaridan oilalar ko’chirib keltirildi, yangi yirik sovxoz- lar (1924 y.da «Paxtakor», 1929 y. «Ma- lik», 1927 y.da «boyo-vut») tashkil etildi. 1939-40 y.larda 60 ming ga sho’r bosgan va botqoqlashgan erlar o’zlashtirilib, ekin maydoniga aylantirildi. 1941 y.dasug’oriladigan erlar mayd. 90 ming ga bo’ldi. Qayroqqum suv ombori qurilishi b-n M.ning suv b-n ta’minlanishi yaxshi- landi. 1956 y. sug’oriladigan erlar 205,5 ming ga ga etdi. «Boshmirzacho’lqurilish» («Glavgolodnostep-stroy») tashkiloti tuzildi. Bu loyihaga muvofiq, asosiy kanal uzaytirildi va kengaytirildi. Jan. Mirzacho’l kanali, qayir va Mar- kaziy Mirzacho’l kollektorlari ishga tushirildi. Sho’ro’zak, Sardoba va b. kol- lektorlarning ishi yaxshilandi. M. da erlarning sho’rini yuvish sizot suvlari- ning yuzasini pasaytirish bo’yicha ko’p ishlar amalga oshirildi. M. da Guliston, Yangier shaharlari va b. aholi punktlari vujudga keldi.