Mir Arab madrasasi

Mir Arab madrasasi — 1) Buxo- rodagi me’moriy yodgorlik. Buxoro xoni mumtoz shoir Ubaydullaxon in’om etgan mablag’hisobiga Shayx Abdulla tomoni-dan qurilgan (1530-36). Mir Arabning asl ismi Sayyid Abdulloh. Amir 22 yoshida Samarqandga kelib Xoja Ahrorga shogird tushgan. Turkistonning Sabron (Savron)ida 2 koriz (er osti arig’i) qazdirgan, suv chiqargan, qal’a bino etib, Shofirkon, Vobkent, G’ijduvonda ko’p joylarni obod qilgan (Shofir- konda Mir Arab qal’asi saqlangan). U Naqshbandiya tariqatining rivojla- nishiga katta hissa qo’shgan. Madrasa qurilishini nihoyasiga etkaza olmagan, 1536 y. boshida Mir Arab vafot etgan va uning vasiyatiga ko’ra kuyovi Shayx Zaka- riyo qurilishni oxiriga etkazgan. Xattot Mirali Fathobodiy — Bu- xoriy ushbu forsiy qit’ani madrasa darvozasiga yozgan: «Mir Arab faxri Ajam onki kard — Madrasai olii bas bul ajab. Bul ajab on ast ki tarixi u: Madrasai olii Mir Arab». Madrasa Mi- Norai Kalonning qarshisida joylashgan. Bosh tarzi ulkan peshtokli, darvozasi orqasida 5 gumbazli miyonsaroy, ikki yonida baland gumbazli keng darsxona va masjid, go’rxona joylashgan. Koshin- kori naqshlar yozuvlar b-n uyg’unlashgan (saqlanmagan). Go’rxona ichi gumbaz osti bag’ali qalqonsimon muqarnasli, shipi va devorlari ganch o’ymakorligida bez- atilgan, izorasi rangbarang koshinli. Go’rxonada Ubaydullaxon (1537 y. v. e.) ning yog’ochdan xotamkori usulida ish- langan sag’anasi va Mir Arab, uning qarindoshlari qabrlari bor. Madrasaning umumiy tarhi 68,5×51,8 m, hovli 35,4×31,3 m, darsxona 8×8 m. Hovlisi to’rtburchak shaklida bo’lib, atrofini oldi ravokli, ikki oshyonli 114 hujra o’rab turadi. Tomonlar o’rtasidagi 4 baland peshtokli darsxona — ayvon hovli mahobatini oshiradi. Tuzilishi jihatidan naqshinkor Jan. peshtoqning dastlabki qiyofasi saqlanib qolgan, bu naqshlarning tarkibiy qismida yulduz- Simon bezaklar uchraydi. Undagi bez- AKlarning saqlanib qolgan ayrim par- chalaridan naqshlar g’oyat nafis va nozik bo’lganligini bilish mumkin. Rivoyatlar- ga kura, madrasa asosi chuqur qilinib, tog’toshlari b-n mustahkamlangan, qor, yomg’ir suvini qochirish uchun tazarlar ishlangan, ular orqali suvlar shahar qo’rg’onidan tashqariga chiqarilgan. M.A.m.da O’rta Osiyo diniy maktablari qurilishiga xos an’anaviy loyiha va mu- jassamot o’z ifodasini topgan. Buxoro- ning 2500 y.ligi munosabati b-n Madra- sa peshtog’i va gumbazlaridagi to’kilib ketgan koshinkori naqshlar va yozuvlar qayta tiklandi; 2) diniy o’quv yurti. Ma- drasada talabalar Islom dinidan saboq oladilar. O’zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufida. Sho’rolar davri- da faoliyati vaqtincha to’xtatilgan, 1945 y.da yana tiklangan. O’quv muddati 4 y. O’quv yurti kunduzgi bo’limiga 15 yoshdan 35 yoshgacha bo’lgan o’rta va to’liqsiz o’rta ma’lumotli kishilar qabul qilinadi. Diniy fanlar hamda umumta’lim fanla- ri o’qitiladi. Talabalarga Arab, ingliz, rus va fors tillari ham o’rgatiladi. Darslar o’zbek va Arab tillarida olib boriladi. Po’lat Zohidov, Abduqayum Azimov.