Mirtemir

Mirtemir (taxallusi; asl ism- sharifi Tursunov Mirtemir) (1910.30.5, Turkiston — 1978.25.1, Toshkent) — O’zbekiston xalq shoiri (1971). Eski maktabda ta’lim olgach (1919-20), tosh- kentga kelib, Almaiy nomidagi namuna ish maktabi (1920-23) va O’zbek erlar bilim yurtida (1925-29) tahsil kurgan. 1929 y. Samarqandga borib O’zbekiston MIK raisi y. Oxun-Boboevning koti- bi bo’lib xizmat qilgan va, ayni paytda, Pedakademiyaning til va adabiyot f-tida o’qiy boshlagan. U shu yillarda «Kizil kalam» adabiy tashkilotining a’zosi sifatida Botu, Oltoy singari «millat- chilar» b-n aloqada bo’lganligi uchun GPU tomonidan xibega olingan (1932.8.8.). Kamoqdan ozod bo’lgach, «yangi hayot» gaz. da adabiy xodim (1936), respublika radioqo’mitasida bosh muharrir (1941). O’zdavnashrda muharrir (1942), Opera va balet teatrida adabiy emakdosh (1943— 44), Yozuvchilar uyushmasida bo’lim mu- diri va maslahatchi (1957— 64), badiiy adabiyot nashriyotida muharrir (1965— 66) lavozimlarida xizmat qilgan. M.ning ilk she’rlar to’plami — «Shu’lalar qo’ynida» (1928) milliy she’riyatimiz uchun yangi janr — soch- ma (nasriy she’r) janrida yozilgan bo’lib, davrning muhim masalalariga bag’ishlangan. Shundan keyin M. «Zafar» (1929), «Qaynashlarim» va «bong» (1932) she’riy to’plamlarini e’lon qilgan. 30-y.lar o’zbek she’riyatida Doston janri katta mavqe kasb etadi. M. ham shu davrda «Barot» (1930), «Xidir» (1932), «Dilkusho», «suv qizi» (1937), «Oysa- namning to’yida» (1938), «qo’zi» (1939) kabi dostonlarni yozadi va ularning AK- sarida oddiy mehnat axli vakillari ob- razini yaratadi. Umuman, M.ning she’r va dostonlariga xos xususiyat shundaki, u oddiy kishilar hayoti va mehnatida «she’riyatbop» jihatlarni, ular ruhiy olamidagi go’zallik jilvalarini o’ziga xos noziklik va zakiylik b-n ko’radi va aks ettiradi. Bu mirtemirona fazilat shoir ijodining urushdan keyingi dav- rida, ayniqsa, yorqin ko’rinadi. 2-jahon urushidan keyingi yillarda- gi adabiy siyosat natijasida M.Ga ijod etish va yozgan asarlarini e’lon qilish imkoni berilmagan. Natijada u tarji- ma va tahrir ishlari b-n shug’ullanishga majbur bo’lgan. Qoraqalpoq she’riyati- dan qilgan tarjimalari va «Krraqal-poq daftari» (1959) she’riy turkumining katta muvaffaqiyat qozinishi M.ning «erkin» ijodkorlar safiga qaytishi va ijodiy yasharishiga sababchi bo’ldi. «Qoraqalpoq daftari»da (1957) namo- yon bo’lgan xalqlar o’rtasidagi do’stlik va hamkorlik g’oyalari shoirning qozoq, qirg’iz va turkman diyorlariga qilgan safarlari ta’sirida yozilgan she’rla- rida katta mahorat b-n davom ettirildi. M.ning «Qoraqalpoq daftari» turkumi- dan o’rin olgan «surat» lirik qissasi esa 60-70-y.larda o’zbek she’riyatida do- ston janriga e’tiborning kuchayishi va lirik Doston janrining kamol topishi- ga katta ta’sir ko’rsatgan. M.ning 60-70-y.larda yaratgan aksar she’rlari 20-a. o’zbek she’riyatining tom ma’nodagi durdonalaridir. U shu davr- da she’riy texnikani mukammal egal — lagan shoir sifatidagina emas, balki tarix va Vatan tuyg’ulari b-n yashagan, shu muqaddas tuyg’ularni yonar so’z b-n ifodalagan shoir sifatida ham Shuhrat qozondi. M. oddiy mehnat axliga ruhan yaqin, uning tabiatini, maishiy xayotini, tilining Kamalak ranglarini, dilidagi orzu va armonlarini yaxshi bilgan, in- son qalbidagi ruhiy kolliziyalarni te- ran his qilgan va tasvirlagan shoirdir. M.ningchin ma’-noda xalq shoiri, mil- liy shoir bo’lganligi uning, ayniqsa, «Onaginam», «Toshbu», «Norbuvi», «Pattining hasratlari» singari o’zbek ayollariga xos mehr-muhabbat, or-nomus, Malohat, sabrtoqat va mehnatsevarlik fazilatlari kuylangan she’rlarida o’z tajassumini topgan. M. bu va b. she’rla- ri b-n o’zbek she’riyatiga xos xalqchillik ruhini behad darajada oshirdi. Ayni paytda M. she’rlari syujetliligi, tas- vir etilayotgan zamon va makonning ani- kligi, lirik qahramon ruhiy olamining yorqinligi va bokiraligi b-n ajralib turadi. M. she’riy ijodining muhim bir qismini qo’shiqlar tashkil etadi. Shoir Katta Farg’ona kanali kurilishiga bag’ishlangan «yali-yali», shuningdek, «Bog’ko’cha», «bir go’zal», «qaro ko’zli», «O’ynasin», «boqishi», «ustina» singa- ri qo’shiklar b-n o’zbek qo’shiqchilik san’- ati ravnaqiga bebaho hissa qo’shdi. Shu b-n birga, M. bir qancha publisistik va adabiytanqidiy maqolalar mu-allifi. M. o’tgan asrning 60-y.larida o’zbek she’- riyatiga kirib kelgan talaygina yoshlarga ustozlik qilib, o’zining adabiy makta- bini yaratdi. Badiiy tarjima M.ning ijodiy faoliyatida katta o’rin egallaydi. U Abay, Mahtumquli, Berdaq she’rlaridan tashqari, qirg’iz xalqining «Manas» EPO- sini (hamkorlikda), Shota Rustavelining «Yo’lbars terisini yopingan Pahlavon» (hamkorlikda), A. S. Pushkinning «Rus- lan va Lyudmila», «Oyimqizqishloqi qiz», M.Yu. Lermontovning «Ismoil- bek», «savdogar Kalashnikov haqida qissa», N.A.Nekrasovning «Rusiyada kim yaxshi yashaydi» kabi Doston, qissa va er- taklarini, g. Geyne, A. M. Gorkiy, Pab- lo Neruda, Nozim Hikmat, Samad Vur- g’un va b.ning she’rlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan. «Karmen» va «ulug’-bek» operalari, «Natalka-Poltavka», «Bayade- ra», «Keto va Kote» singari musiqali dramalar M. tarjimasida o’zbek tilida sahnalashtirilgan. M. Hamza nomidagi O’zbekiston dav- lat mukofoti (1979), Berdaq nomida- gi Qoraqalpog’iston Davlat mukofoti (1977) laureati. «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni b-n mukofotlangan (2002). Tosh- kentdagi ko’cha va Andijon viloyati, bo’z tumanidagi maktablardan biri M. nomi b-n atalgan. Shoir tug’ilgan eski Iqon qishlog’ida M. uy-muzeyi barpo etilgan. Ac: asarlar [4-j.li], 1-4-j.lar, T., 1980-83. Ad.: Azizov Q., Mirtemir, T., 1969; Xalilov T., Mirtemir mahorati, T., 1980; Mirtemir zamondoshlari xotira- sida, T., 1982; XX asr o’zbek adabiyoti ta- rixi, T., 1999. Naim Karimov.