Misr, qadimgi Misr

Misr, qadimgi Misr — Afrika- ning shim.-sharqida, Nil daryosining quyi oqimida joylashgan qad. davlat. Tarixi. M.da odamlar paleolit davri- dan boshlab yashagan. Mil. AV. 10—6ming yillikda Nil atrofidagi savannalarda tarqoq yashagan qabilalar terimchilik, ovchilik, keyinroq esa baliq ovlash b-n shug’ullanishgan. Ular orasida kad. Som xalqlariga mansub qabilalar, barbarlar va kushitlar • bo’lib, ularning aralashu- vidan mil. AV. 4ming yillikda M. xalqi vujudga kelgan. Aholi nufusining orti- shi chorvachilik va dehqonchilikka o’tishni tezlashtirgan, bu esa hududiy jamoalar- ning paydo bo’lishiga olib kelgan. Dehqonchilik qilish uchun kanallar, to’g’onlar qurish zaruriyati tug’ilgan, buning uchun esa o’zaro urushlarda asir tush gan qullar mehnatidan foydala- nilgan. Natijada jamoada ijtimoiy tabaqalanish ro’y berib, urug’zodagon- lari ajralib’chiqqan, qabila sardorla- ri podshohchalarga aylangan. Bir qancha mayda quldorlik davlatlar vujudga kel- gan. Keyinchalik ular o’rtasidagi kurash natijasida, shim.da quyi Misr, Jan.da Yuqori Misr podsholiklari tuzilgan. Mil. AV. taxm. 3ming yillikda ikkala podsholik birlashib, yagona davlat barpo bo’lgan. M.ning key-ingi tarixi 4 asosiy davrga bo’linadi: ilk podsholik (mil. AV. taxm. 3000— 2800), qadimgi podsho- lik (mil. AV. taxm. 2800-2250), O’rta podsholik (mil. AV. taxm. 2050-1700), Yangi podsholik (mil. AV. 1580-1070), So’nggi (Liviya-Sais va Eron) davr (mil. AV. taxm. 1070-332). Ilk podsholik davri sug’orish tarmoqlarining rivojlanishi, tosh va mis kurollarining mukammallashuvi, kulolchilik charxining paydo bo’lishi, ayirboshlash savdosining taraqqiy eti- shi b-n xarakterlidir. Bu davrda davlat apparati va unga xizmat qiluvchi amal- dorlar — kotiblar tabakasi shakllangan, ma’muriy okruglar — nomlar tashkil topib, ularni noma rxl ar boshqargan, muntazam ravishda bosqinchilik yurish- lari uyushtirilib turilgan, jumladan, Jan.ga — kush (Nubiya)ga, shim.-g’arbga — liviyaliklarga va Sinay ya.o.dagi ba- daviylarga qarshi (bu erda mis konlari bor edi) yurishlar qilingan. Qad. podsholik davrida q.x., hunarmandchilik, savdo va qurilish ri — vojlanishda davom etgan. Xususiy er egaligi paydo bo’lgan. Oliy mansabdor — tchati (vazir) bosh bo’lgan davlat AP- parati mustahkamlangan. Fir’avnlar, shuningdek, bosh kohin ham bo’lib, barcha er va fuqarolarning egasi hisoblangan. Jamoa a’zolari va qisman kelgindi- lar (asosan, kush aholisi)dan tuzil- gan muntazam qo’shin barpo qilingan. Ilohiylashtirilgan fir’avnlarning mutlaq hokimiyati g’oyasi mahobatli maqbaralar — ehromlar qurilishida mujassamlantirilgan. Bu ayniqsa III — IV sulolalar davrida (Snofru, Xeops, Xefren, Mikerin ehromlari) avj olgan. Ularni bunyod etishda qul va dehqonlar mehnatidan keng foydalanilgan. Mil. AV. 23-22-a.larda M. o’zaro ni- Zoda bo’lgan bir qancha nomlar va mayda davlatlarga bo’linib ketgan. Taxm. 2050 y. Mentuxotep I davrida mamlakat Fiva sh. gegemonligi ostida qayta Birlashgan. Bu shaxar M.ning poytaxtiga aylangan. O’rta podsholik davrida, asosan, XII sulola vakillari hukmronlik qilishgan. Fayyum vohasida yirik irrigasiya ish- lari olib borilgan. Jez (bronza) buyum- lari paydo bo’lgan. Suriya, Krit, Jan.da — Punt b-n aloqalar kuchaygan. Senusert III davrida kush (Nubiya)ning bir qismi M.ga qo’shib olingan. XII sulolaga man- sub dastlabki fir’avnlar davrida o’zaro ichki nizolar davom etmoqda edi. Faqat Amenemxet III davrida (19-a.ning 2-yarmi) isyonkor nomarxlar bo’ysundirilib, Markaziy hokimiyat mustahkamlangan. Ittaun sh. M. poytaxtiga aylangan. Biroq mulkiy tabaqalanishning kuchay- ishi kambag’allarning qo’zg’oloniga sabab bo’lgan, natijada taxm. 1750 y. mamla- kat yana parchalanib ketgan. Taxm. 1700 y. M.ga shim.-sharqdan giksoslar bostirib kirib, mamlakatning katta qismini de- yarli 110 y. egallab turganlar. Avaris- da qo’nim topgan ularning podshoxlari XV va XVI sulolani tashkil etishgan. Fivada mahalliy hukmdorlar saqlanib qolgan (XVI1 sulola). Ushbu sulolaga mansub fir’avnlardan Sekenenra va ka- mos ozodlik urushini boshlab yuborish- gan, bu kurash ularning vorisi XVIII sulola asoschisi Yaxmos I (Amasis) to- monidan muvaffaqiyatli yakunlangan. U taxm. 1580 y. giksoslarni M.dan quvib chiqargan. Shundan so’ng tiklangan M. davlati yangi podsholik deb atalgan. Bu davrda jezdan keng qo’llanila bosh- langan, temirdan ishlangan dastlabki buyumlar paydo bo’lgan, metallsozlik, to’qimachilik dastgohi va omoch tako- millashgan, g’ildirakli ara-valar keng tarqalgan, shishasozlik rivojlangan. Bo’ysundirilgan va qo’shni mamlakatlar- dan o’lpon sifatida va ayirboshlash yo’li b-n xom ashyo olib kelingan, jumladan, kumush, qo’rg’oshin, mis, yog’och material- lari Suriya va Falastindan, oltin, fil suyagi Kushdan, xushbo’y atirlar, oliy nav daraxt ko’chatlari Puntdan keltirilgan. Malika Xatshepsut tomonidan Punt- ga jo’natilgan flot haqidagi ma’lumot saqlangan. Xususiy qulchilik nihoyatda keng rivojlangan. Muvaffaqiyatli harbiy yurishlardan so’ng 10 minglab qullar keltirilgan. Tinimsiz davom et- gan urushlar XVIII—XX sulolalar Fir’- avnlarini qo’shin tuzilishini takomil- lashtirishni o’ylashga majbur qilgan, qo’shin asosini zodagon aravakashlar tashkil qilgan. Piyoda qo’shin uchun na- munaviy qurol, xususan, ulama kamon joriy etilgan. Bu tadbirlar armiyaning Jan-govarlik qobiliyatini oshirgan. Yax- mosning vorislari Tutmos I, ayniqsa, Tutmos III, Amenxotep II shim.da Suriya va Falastinni, Jan.da — Kushning bir qismini M.ga qo’shib olganlar. Mitanni, Bobil va Xett podsholigi b-n muntazam diplomatik alokalar o’rnatilgan. Amen- xotep III davrida (15-a.ning 2-yarmi) M. o’z qudratining yuksak cho’qqisiga etgan. Fir’avnlardan katta erlar, qullar, ol- tin va b. olib turgan ibodatxonalar mavqeining ortishi kohinlarni podsho hokimiyati b-n to’qnashuviga olib kelgan. Kohinlar va zodagon nomlar mavqeini pasaytirish maqsadida Amenxotep IV (Exnaton) mayda va o’rta er egalariga tayangan holda diniy islo-Hot o’tkazgan, xususan, eski ma’budlarga sig’inishni bekor qilib, yagona quyosh ma’budi — Atonga sig’inishni joriy qilgan. Exna- ton o’z qarorgohini yangi qurgan shahri Axetatonga (hoz. Al-Amarna) ko’chirgan. Fir’avn b-n kohinlar o’rtasidagi kurash M.ni za-iflashtirgan; 14-a.ning 1-yarmi- da u shim.dagi barcha mulklardan ajral- gan. Exnatonning vafotidan so’ng Fir’- avnlardan Tutanxamon va Xoremxeb dav- rida kohinlar va zodagonlar eski dinni tiklashga erishganlar. XIX sulolaning eng mashhur vakili Ramses I davrida Su- riyani egallash uchun Xett- lar b-n kurash olib borilgan. Mil. AV. 13-a.ning 2-yarmi —12-a. boshida, fir’avnlar Merneptax va Ramses IV dav- rida «dengiz xalqlari» va liviyaliklar bosqini qaytarilgan. Uzok, davom etgan urushlar M.ning iqtisodiy, siyosiy va harbiy jihatdan zaiflashuviga olib kelgan; XX sulola hukmronligining oxiriga kelib Su- riya va Kushning Jan. viloyatlaridagi mulklar qo’ldan ketgan. Ramses XII dav- rida (mil. AV. taxm. 1070 y.) Fivadagi hokimiyat amalda Amon ma’budning oliy kohini — Xerixor qo’liga o’tgan. So’nggi (Liviya — Sais va Eron) dav- rida temirdan foydalanish, pul muoma- lasi keng tarqalgan. 11-a.ning 2-yarmi —10-a. boshida M.ning navbatdagi par- chalanishidan so’ng liviyalik harbiylar rahbari Sheshoik 10-a. o’rtasida Buba- stisda xrkimiyatni qo’lga olib, XXII Su- Lolani boshlab bergan. Bu sulola Fir’- avnlari M.ni yagona davlat qilib bir- lashtirishga intilganlar. Mil. AV. 8-a. 2-yarmida M. Kushga tobe bo’lib qolgan (XXV sulola), mil. AV. 671 y. esa Ossuri- yaliklar tomonidan bosib olingan. Sais hokimi Psammetix 1 (663-610) yunon va kariyalik yollanma qo’shin yordamida mam- lakatni ozod qilishga va uni birlashti- rishga erishgan. U va uning vorisi Nexo II davrida Yunoniston va Sharqiy O’rta dengizning boshqa mamlakatlari b-n mustahkam savdo aloqalari o’rnatilgan, Deltada yunonlar manzilgohi (koloni- yasi) Navkratisga asos solinadi, Nilni Qizil dengiz b-n bog’lovchi kanal kazila- Di; Nexo II tomonidan yuborilgan fini- kiyalik dengizchilar Afrika qit’asini Sharkdan G’arbga aylanib o’tishgan. Nexo II, Psammetix II va Apriy Suriya va FA- lastinga egalik qilish uchun Bobil b-n kurash olib borishgan. Biroq zaifla- shib qrlgan M. Eron podshosi Kambis qo’shini zarbasini qaytara olmagan va mil. AV. 525 y. Axomaniylar davlati tarkibiga qo’shib yuborilgan. Mil. AV. 331 y. Aleksandr (Iskandar Maqduniy) axomaniylarga qarshi yurishi chog’ida M.ni bosib olgan. Shundan so’ng M. elli- nistik dunyoning bir qismiga aylangan. Makedoniyalik Iskandar tomonidan asos solingan Iskandariya sh. eng yirik sav- do va madaniy markazga aylangan. M.da hunarmandchilik va savdoning yangi Mar- kazlari vujudga kelgan, savdo aloqalari (Arabiston va Hindistongacha) kengay- gan, G’arb va Sharq davlatlari madani- yatlarining uyg’unlashuvi sodir bo’lgan. Mil. AV. 2-a.ning oxiriga kelib i.ch. Pa- saygan, bozorlar kamaygan, iqtisodiy va siyosiy tushkunlik ro’y bergan. Mil. AV. 2-a. boshlarida Sshavkiylar davlati va Makedoniya b-n bo’lgan urushlardan so’ng M. ko’p erlaridan ajralgan. Mamlakatda o’zaro ichki nizolar, xalq galayonlari avj olgan. Bu davrda Rim M.ning ichki ishla- riga aralasha boshlagan. M. zodagonlari uning yordamida galayonlarni bostirish- ga harakat qilgan. Bu M.ni rimliklar Misrliklar ma’budi tot—ierogrif yozuvi ijodkori (papirus; London, bri- Taniya muzeyi). tomonidan bosib olinishiga imkon bergan, natijada mil. AV. 30 y.dan M. — Rim viloyati. Mil. 395 y. Rim imperiyasi bo’lingach, Sharqiy Rim imperiyasi (VI- zantiya) viloyati. 619 y. Eron shohi Xusrav II Vizantiyaning zaiflashib qolganidan foydalanib, M.ni bosib olgan. 639-642 y.larda M.ni arablar zabt etgan. M.ning keyingi tarixi haqida Misr Arab Re- spublikasi maqolasiga qarang. Qad. Misr hukmdorlari. Ilk pod- sholik. 1sulola: menee, jer, Den, Se- merxet, ka. 2sulola: Xotep-sexe-mui, Nebra, Peribsen, Xasexem, xa-sexemui. Qad. podsholik. 3sulola: Joser, Sexem- xet, Neferka. 4sulola (mil. AV. 28-26- a. o’rtalari): Snofru, Xeops (Xufu), Xafra (Xefren), Mikerin (Menkaura), Shebeeskaf. 5sulola (mil. AV. 26-25-a. lar): Userkaf, Neferirkara, Neuserra, Isesi, Una. 6sulola: (mil. AV. 25-23-a. o’rtalari); teti I, Piopi I, Merenra I, Piopi II, Merenra II. 7, 8, 9sulolalar (mil. AV. 23-22-a. o’rtalari). 10sulola (mil. AV. 22-21-a. o’rtalari). 11sulola: Antef 1 Sexertaui, Menxuxotep III Neb- xepetra. O’rta podsholik. 11sulola: Mentuxo- tep IV Sanxkara (2015-2007), Mentuxo- tep V Nebtauira (2007-2000). 12sulola (2000-1787): Amenemxet I (2000-1970), Senusert I (1970-1934), Amenemxet II (1934-1896), Senusert III (1884-1849), Amenemxet III (1849— 1801). 13 — sulola (1785-1700). 14sulola (1680 y.gacha). 15- va 16- (giksoslar) sulola (1700—?). 17su- Lola (1680— 1580): Senenenra, Kamos. Yangi podsholik. 18sulola (1580-14-a. o’rtalari): Yaxmos I (1580-1559), Amen- xotep I (1559-1538), Tutmos I (1538-1525), Tutmos II va Xatshepsut (1523-1503), Tutmos III (1503-1491), Amenxotep III (1455-1419), Amenxotep IV (Exnaton, 1419-1400), Tutanxamon (1400-1392), Xoremxeb (14-a. o’rtalari). 19sulola (1342-1206): Seti I (1337-1317), Ramses II (1290-1224). 20sulola (1204— 1085): Ramses IV (1204-1180), Ramses XII (1112-1070). So’nggi podsholik (mil. AV. 11-4-a.lar). 21sulola (1085-950): Xe- rixor (Fiva), Smendes (tanis) (1035— 1054). 22-(liviyalik) sulola (950-730): Sheshoik (950-929). Osorkon I (929-893), Takelot 1 (893-870), Osorkon II (870— 847), Sheshoik III (823-772). 23sulola (817-730): Pe-dubast (817-763), Shesho- ik IV (763— 757). 24sulola (730-715): Bokxoris (720 — 715). 25- (Nubiylar) Su- Lola (751-656): Pianxi (751-716), Shaba- ka (716-701), Shabataka (701-689), Taxar- ka (689-663), Tanutamon (663— 656). 26 — Sais (sulola) (663 — 525): Psamme- tix I (663-610), Nexo II (610-594), psam- metix II (594-588), Apriy (588-569), Yaxmos II (569-525). 27-(forelar) sulola (525-404, yana q. Axomaniylar), 28su- Lola (404-398). 29sulola (398-378). 30sulola (378-341). 31- (forelar) sulo- la (341-322, yana q. Axomaniylar). Maorifi. Qad. podsholik davrida fir’avnlar saroyida bo’lajak Mirza- larni tayyorlaydigan maktablar tashkil qilingan. Keyinchalik ibodatxonalar va yirik davlat idoralari qoshida xam maktablar ochilgan. Maktabda 5 yoshdan 16 yoshgacha bo’lgan bolalar o’qitilgan; 12 yoshdan boshlab talabalar idoralar- da mirzalik qilishgan. Mashg’ulotlar tong saxardan kechgacha davom etgan; MAK- tabda qattiq in-tizom joriy etilgan, tan jazosi qo’llanilgan. O’quv, yozuv va hisob asosiy fanlar bo’lgan. O’quv pred- metlaridan tashqari, maktabda gimna- stika mashg’ulotlari va suzish, yaxshi muomalaga o’rgatilgan. Ibodatxonalar qoshidagi maktablarda umumiy va diniy bilimlar b-n birga astronomiya, tibbi- yot o’rgatilgan. Zodagonlarning bolala- ri qo’shin boshliklari tayyorlaydigan harbiy maktablarda ta’lim olishgan. Texnika va fani. Nil vodiysida paleolit davridayoq mehnat qurollari ishlangan. Keyinchalik neolit davrida (mil. AV. 5ming yillik) aholi ovchilik- dan chorvachilik, so’ngra dehqonchilikka o’tishi b-n tosh, suyak va yog’ochdan ishlangan dastlabki q.x. asboblari— cho’kich, o’roq va b. paydo bo’lgan. Mil. AV. 4ming yil- likdan boshlab, mis ishlatila boshlan- gan, kulolchilik dastgohi paydo bo’lgan. 3ming yillikdan shishasozlik rivojla- na boshlagan. 2-ming yillikdan jezdan foydalanila boshlangan. Temirdan yasal- gan ilk buyumlar mil. AV. 2-ming yillik o’rtalariga oiddir. Misrliklar oltin va kumushdan haqiqiy san’at asarlari- ni yaratganlar. Sun’iy sug’orishdan keng foydalanilgan, kanal va to’g’onlar bunyod etilgan. Yuqoriga suv chiqarish uchun lay- lak (havoza-shaduf), chig’ir (sakkis)dan foydalanishgan. Ilk podsholik davrida omoch paydo bo’lgan. Qad. Misrda asosiy qurilish ma- teriali sifatida loy va qamishdan foydalanilgan. Fir’avnlar saroyi va qal’alar qurilishida xom g’isht ishla- tilgan. Toshlarga sayqal berishda Misr- liklar ajoyib yutuklarga erishganlar. Ehromlar qurishda ishlatiladigan katta tosh plitalarni yuqoriga richag, havoza yordamida ko’targanlar. Mat., astronomiya taraqqiy etgan. Kohinlar va mirzalar oddiy asboblar (chizgich, tosh bog’langan ip) yordamida sayyoralar va yulduzlarning holatini belgilashgan. Vaqtni belgilash uchun quyosh va suv so-atlari (klependra- lar)dan foydalanganlar. Sodda geogra- FIK xaritalar va shahar loyihasi reja- lari tuzilgan. M.liklar planimetriya, ayniqsa, stereometriya sohasida bilimli bo’lishgan; to’g’ri to’rtburchaklar, uchbur- chaklar, aylanalar yuzasi, oddiy va kesik piramidalar sirti va hajmini hisoblab chiqishgan. Yil 3 mavsum (toshqin, o’rim, qurg’oqchilik) va 12 oyga bo’lingan. Har oy 30 kundan iborat bo’lgan, yil oxirida qo’shimcha 5 kun kiritilgan, bu har 4 yil- da astronomik yil b-n kalendar yili o’rtasidagi 1 kunga farq qilinishiga imkon bergan. Jarrohlik rivojlangan, tabiblar bosh miyani ochganlar, tishlarga plomba qo’yganlar. Jasadlarni mumiyo- lashda turli anvoi xushbo’yliklar, dori- darmonlar, bo’yoqlar va b.ni tayyorlashgan. M.liklarning turli sohalardagi bilimlari jahon fanining rivojiga muhim hissa qo’shgan. Yunonlar M.ni qad. donishmandlar yurti deb, M.liklarni esa o’z ustozlari deb hisoblab kelishgan. Mifologiya va dini. M. miflari ora- sida Markaziy o’rinni dunyoni yaratili- shi, insonlarni qilgan gunoxlari uchun jazolash, quyosh xudosi ra b-n ilon Apop obrazidagi zulmat kuchlari o’rtasidagi kurash, Osirisning o’limi va qayta tiri- lishi va b. egallaydi. M.liklar dini ilk urug’doshlik ja- moalarida vujudga kelgan. Diniy an’a- nalar mustahkam va turg’un bo’lgan. FeTi- shizm, totemizm ayniqsa, hayvonlarga to- pinish, M.da uzoq vaqt davom etgan. Po- liteizm mavjud bo’lgan. Deyarli har bir ma’bud qandaydir hayvon ko’rinishida tasvirlangan. Mac, Anubis ma’budi bo’ri, ma’buda Bast — mushuk ko’rinishida tasvirlangan. Keyinchalik ma’budlar in- soniy qiyofa olgan. Aholi dehqonchilik va chorvachilik b-n shug’ullana boshlagach, turli xil tabiat kuchlarini o’zida ifo- dalovchi ma’budlarga, jumladan, osmon (ma’bud Nut), er (ma’bud Geb), Quyosh (ma’bud ra), oy (ma’bud tot) va b. ga sig’inish kuchaygan. Xapi ma’budi ob- razida M.lik dehqonlar Nil daryosiga sig’inishgan. M.da juda boy diniy va jodu kitoblari yaratilgan. Afsunlar, duolar, sharxlar, ma’budlarga iltijo- lar to’plam qilingan (mas, «ehrom mat- nlari», «sarqofa matnlari», «murdalar kitobi» va b.). Qad. M. ilo-hiyoti antic dunyo dinlarida keng tarqalib, xristian aqidalari, urf-odatlariga katta ta’sir ko’rsatgan. Adabiyoti. M. tilida yozilgan eng qad. yodgorliklar mil. AV. 3ming yil- likka, so’nggilari esa mil.ning boshla- riga oiddir. M. adabiyoti namunalari bizgacha ko’plab ieroglif, ieratik va demotik matnlarda etib kelgan. M. Ada- biyoti Fir’avn Taxarka ulkan Lochin ki- yofasidagi ma’bud, gorga sajda qilmoqda (zarhal jez; Parij, Luvr). dunyodagi eng kad. adabiyotlardan bi- ridir. M. adabiyotining asosiy janr- lari: ertaklar, qissalar, madhiyalar va duolar, didaktik asarlar, masallar, do- stonlar, sevgi lirikasi va b.dir. Badiiy adabiyot yodgorliklari b-n birga M. adabiyotiga ehrom matnlari va adabiy salohiyatga ega bo’lgan shohlar va amaldorlarning bitiklari ham ki- ritiladi. M. adabiyoti qadimda boshqa xalqlar adabiyotiga, jumladan, yunon adabiyotiga (ayniqsa, yunonrim) ham ta’- sir ko’rsatgan. Ba’zi syujetlar yunonlar orqali Evropa xalqlari adabiyotiga ki — rib kelgan. Me’morlik, tasviriy va amaliy-bez- AK san’ati. Din va ilohiylashtirilgan Fir’avn kulti ehtiyojlariga xizmat qilishi lozim bo’lgan M. san’ati o’z g’oyalarini qat’iy belgilangan shak- lda ifodalagan. Me’morlik Fir’- avnlar hokimiyatining qudratini, ulug’vorligini va mashhurligini ko’rsatishga qaratilgan, shu maqsadda bino (ehrom, ibodatxona, saroy va b.) larning ulkan, hashamatli bo’lishiga ahamiyat berildi. Nil daryosi vodiysidagi badiiy ma- daniyat yodgorliklari qadimdan ma’lum. Mil. AV. 5—4ming yilliklarda loy va qamishdan qurilgan turar joylar o’rniga asta-sekin yog’och va xom g’ishtdan to’g’ri to’rtburchak tarxli turar joylar qurilgan. Ilk podsholik davrida qad. M. san’ati tamoyillari, turlari va janrlari shakllangan. Bu davrda diniy me’morlikning asosiy turi — masta- balar to’g’ri to’rtburchak tarxda ko’plab qurilgan. Haykaltaroshlikda geometric uyg’unlik, simmetriya va statistikaga e’- tibor berilgan (Fir’avn Xasaxem Xayka- li, mil. AV. 3ming yillik boshlari). Qad. podsholik davrida badiiy usul- lar takomillashgan, yangi me’moriy tiplar paydo bo’lgan. Me’mor IMXO- tep exromning me’moriy tipini yarata- Di. U Fir’avn Joser uchun Sakkarada marhumlar ruhiga bag’ishlab marosim- lar o’tkaziladigan majmua bunyod eta- Di, uning markazida pog’onali maqbara — ehrom (bal. 60 m., asosi 109,2×121 m) qurgan. Keyinchalik Qad. podsholik me’- morlari faqat ehrom shakllarini tako- millashtirganlar. Gizada me’mor Xem- nun Fir’avn Xeops uchun qurgan ehrom (bal. 146,59 m, asosi 233×233 m), shuning- dek, fir’avnlar Xefren (bal. 143,3 m, asosi 215,25×215,25 m), Mi-kerin (bal. 62 m, asosi 108,4×108,4 m) ehromlari (barchasi Gizada) shunday inshootlar qatoriga kiradi. Qad. podsholik davri- da ibodatxonalarning yangi tipi paydo bo’lgan, ular odatda M.ning bosh ma’bu- Di — Quyosh ma’-budi Raga bag’ishlangan. To’g’ri to’rtburchak tarhli bunday ibo- datxonani, odatda, ochiq qovlisi bo’lib, uning chekkalarida sajdagohlar va uchi- ga oltin qoplangan Obelisk joylashgan. Maqbara va ibodatxonalar devoriy rasm- lar, relef va haykallar b-n bezatil- gan. Bu davrda haykal portretlar san’- ati taraqqiy etdi. M.liklar tasavvu- richa haykal portretlar marhumlarning qiyofadoshi rolini o’tab, ma-rhumlarning ruxlari joylashgan joy vazifasini o’tashgan. O’rta podsholik davrida M. san’a- tida bir qator yangi xususiyatlar paydo bo’lgan. Fir’avnlarning maqbaralari o’z mahobatini yo’qotgan, ular ko’pincha qoya toshlarga o’yib ishlangan, irrigasiya inshootlari (kanallar, to’g’onlar, damba- lar, Fayyum tevaragidagi suv omborlari) qurilgan, shaharlarning roli oshgan. Shahar qismlari tabaqaviy bo’linish asosida qurilib, ular devor b-n ajra- tilgan. O’rta podsholik tasviriy san’a- tida realistik tendentsiyalar kuchaygan. Nomarxlarning maqbaralaridagi devo- riy rasmlardagi maishiy ko’rinishlari jonli ishlashga, o’simlik, hayvon, qushlarni jozibador ko’rsatishga, haykallarda modelning xarakterini, yoshini va b.ni ifodalashga ahamiyat be- rildi (fir’avnlar giksoslar istilosi (mil.AV. 1700— taxm. 1580 y.lar)dan key- in kds. M. san’ati tushkunlik davrini boshidan kechirib, yangi podsholik davri- da katta ravnaq topdi. Osiyoga qilingan zafarli yurishlar, M. boyligini orttir- Di, binolarda hasham ko’paydi. Rasmlar va devoriy rasmlarda ziyofatlar, tan- tanalar, ov manzaralari aks ettirildi, manzara janriga alohida e’tibor be- rildi (Rexmir, naxt, Jes-serkaraseneb maqbaralaridagi devoriy rasmlar, mil. AV. 15-a. oxiri). Yangi podsholik davri me’morligida ochiq tipdagi ibodatxona — sajdagohlar keng tarqalgan. Bu ibo- datxona devorlariga fir’avnlarning g’alabalari aks etgan devoriy rasmlar ish- langan (AmonRa ma’budning Karnakdagi, mil. AV. 16— 12-a.lar va Luqsordagi ibo- datxonasi, mil. AV. 15-13-a.lar). Fir’- avn Exnaton hukmronligi davrida eski ma’budlarga sig’inish bekor qilingan, yangi ma’-bud — Atonga sig’inish joriy qilingan. Yangi poytaxt — Axetaton qurilgan. Haykaltarosh Tutmes yaratgan Fir’avn va uning xotini Nefertiti portretlari qad. M. san’atining Nodir namunalari sifatida hoz.gacha etib kel- gan. Mil. AV. 14-a.ning 1-yarmida tasvi- riy san’atda quruq dekorativlik ko’proq ko’zga tashlandi (Fir’avn Tutanxamon maqbarasidan topilgan oltin niqob va b.). Mil. AV. 14-a.ning 2-yarmidan ibodat- xonalar kurilishi kengaygan bu davrda binolarning dabdabali va mahobatli bo’lishiga e’tibor qaratildi (Karnakda- gi 134 Kolon nali, devor va kolonnalari- ga rangdor releflar ishlangan ibodat- xona). Qoya ibodatxonalari ham ko’plab qurilgan (Abu Simbaldagi Ramses II ning katta ibodatxonasi). Qad. M.da amaliy-bezak san’ati yuk- sak darajada taraqqiy etganligiga biz- gacha saqlanib qolgan shifer, ganch, bil- lurdan ishlangan idishlar, fil suyagi va yog’ochdan yasalgan qoshiqchalar, tilla baldoq, uzuk, munchoq- lar, qimmatbaho toshlar qadab, o’yma naqsh, tasvir ishlangan qutichalar, badi- iy mebel va b. misol bo’lishi mumkin. M. Aleksandr tomonidan bosib olin- gach, mamlakat ellinistik madaniyat, keyinchalik qad. Rim madaniyati ta’sir doirasiga kirgan (Edfudagi ma’-bud Gor ibodatxonasi, mil. AV. 3-1-a.lar; Fayyum voqasidan topilgan rangtasvir portretlar, mil. 1-4-a.lar). M. Vizan- tiya xukmronligi ostiga o’tishi b-n (4-a. oxiri), mamlakatda xristian san’ati- ning o’ziga xos mahalliy ko’rinishi shak- llangan. Mamlakatni arablar fathetgach (7-a.), M. Arab madaniyati tarqalgan vilo- yatlardan biriga aylangan. Musiqasi. M. musiqa madaniyati — eng kds. madaniyatlardan biri. Bizgacha etib kelgan musiqa madaniyatining ilk moddiy yodgorliklari mil. AV. 3ming yillikka mansub. Bular turli musika asboblari — shiqildoq, tartarak, hamda chig’anoqlardan yasalgan hushtaklardir. Maqbaralar devorlariga ishlangan bare- leflar maishiy tur-mushda musiqa keng tarqalganiga guvoxlik beradi. Ommaviy bayramlar, diniy marosimlar, mehnat jarayonlari musiqasiz o’tmagan. M.da bir ovozli musiqa rivoj topgan. Yangi pod- sholik davrida ko’p ovozli musiqaning sodda shakllari ham paydo bo’lgan. Raq- slar, sahna tomoshalari, badiiy adabiyot musiqa b-n uzviy bog’liq bo’lgan. Arfa, nay, yog’och va jez karnay, organ, urma musiqa asboblari keng tarkalgan. Qad. M.da musiqa ijrochilari — profes- sional musiqachi — shoirlar mo»tabar zot sanalib, fir’avnlarga qarindosh deb hisoblanishgan. Ellinistik va Rim davrida M.da musiqa o’ziga xosligini saklab qolgan. Rim hukmronligi barham topgach, turk, Arab va b. xalqlar musiqa madaniyati b-n uzviy bog’liqbo’lgan. M. musiqa madaniyati taraqqiyotining yangi bosqichiga ko’tarilgan. Ad.: Xrestomatiya po istorii drevne- go Vostoka, pod. Red. V. V. Struve i D. G. Redera, M., 1963; Struve V. V., Qadimgi Sharq tari-XI, T., 1956;Turaev B. A., Egi- petskaya literatura, t. I, M., 1920; Mate M. E., Iskusstvo Drevnego Egipta, M., 1958; Vseobtshaya istoriya arxitekturi, t. I, M., 1970; Zaks K., Muzikalnaya kultu- ra Egipta, v kn.: Muzikalnaya kultura drevnego mira, |SB. statey|, L., 1937; L a u er J. F., Zagadki egipetskix Piramid, Per. s Frans., M., 1966; Neygebauer O., Tochnie nauki v drevnosti, Per. s angl., M., 1968. Muhammadjon Raximov, Abduxalil Mavrulov.