Misr

Misr, Misr Arab Respublikasi (Jumhuriya Misr al-Arabiya) — Afrika- ning shim.-sharqi va qisman Osiyo (Sinay ya.o)da joylashgan davlat. Mayd. 1001,4 ming km2. Aholisi 69,5 mln. Kishi (2001). Poytaxti — Qohira sh. Ma’mu- riy jihatdan 27 muhofazaga bo’linadi. Davlat tuzumi. M — respublika. Amaldagi Konstitusiyasi 1971 i. II sent. dagi referendumda ma’qullangan, key- inchalik unga o’zgartirishlar kiritil- gan. Davlat boshlig’i — prezident (1981 y.dan Muhammad Husniy muborak). Va-kolat muddati — 6 y. Cheklanmagan marta qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni prezident amalga oshiradi; u bosh vazir va hukumat a’zola- rini tayinlaydi hamda lavozimlaridan ozod qiladi. Tabiati. M. hududining deyar- li xdmmasi cho’l zonasida joylashgan. Shundan faqat 3,5% (35 ming km2) Nil da-ryosi deltasi va vodiysiga to’g’ri ke- ladi. Relefi va geologik tuzilishi jihatidan M. hududi shartli ravishda to’rt zonaga bo’linadi: 1) Liviya cho’li; 2) Arabiston cho’li; 3) Sinay ya.o.; 4) Nil da- ryosi vodiysi va deltasi. Relefi, aso- san, tekislik; qizil dengizga yaqin erlar tog’likdir. Liviya cho’li platosining ba- landligi shim.da 100 m, Jan.da 600 m, Jan. garbda 1000 m gacha bo’lib, er yuzasi qum va Toshloq. Arabiston cho’li yassitog’ligi Sharqda 700 m gacha ko’tarilgan, bu erda bal. 2000 m gacha bo’lgan tizmalar bor. Nil vodiysiga yaqin joylarning bal. esa 100— 200 m. Yassitog’lik kristalli jinslardan tuzilgan. Nil vodiysining kengligi (M. chegarasida) Jan.da 1-3 km, deltaga yaqin joyda 20-25 km. Si- nay ya.o.ning u, qismini at-Tix qirlari egallagan. Yarim orolning Jan.da bal. 2641 m gacha bo’lgan tog’lar bor. Foydali qazilmalardan: temir, marganes, mis, rux, qo’rg’oshin, volfram, molibden, uran va oltin, shuningdek, neft, tabiiy gaz, fosforit, osh tuzi, ohaktosh bor. Si- nay ya.o.da kumir konlari mavjud. Mamlakatning katta qismida havo quruq va kam bulutli, tropik Konti-nen- tal cho’l iqlimi, yog’in ahyon-ahyondagina yog’adi. Haroratning sutkalik farqi kat- ta. Mac, cho’dda kunduzi t-ra 50° bo’lsa, kechasi 0°. O’rta dengiz bo’yida subtro- pik, yozi issiq va quruq, qishi yumshoq va seryog’in. Eng issiq oylari (iyul—avg.) ning o’rtacha t-rasi Iskandariyada 25°, Qohirada 27°, Asvonda 33°. Eng salqin oylari (yanv.— Fev.)ning t-rasi Iskan- dariyada 14°, Qohirada 12°, Asvonda 16°. Apr. va may oylarida 50 kungacha cho’l sha- moli (xasmin) esib turadi. O’rtacha yil- lik yog’in Iskandariyada 180 mm, Qohirada 34 mm, Asyutda 7 mm, Asvonda 3 mm. Yog’in aksari qisqa muddatli jala bo’lib yog’adi. Mamlakatdan birgina Nil daryosi o’tadi. Uning suvi to’g’onlar b-n tartibga solingan. Baland Asvon to’g’oni qurilgach, mamlakat Jan.da Nosir nomidagi katta suv ombori vujudga keldi. Vohalarda si- zot suvlardan keng foydalaniladi. May- da ko’l ko’p. Nil deltasida kanallardan sug’orishda foydalaniladi. Ayrim ka- nallarda kema katnaydi. Jan.dan shim.ga tomon dastlab sariq- qo’ng’ir cho’l tuprog’i, so’ngra bo’z tuproq (arablar bodiya — «cho’l» tuprog’i dey- ishadi), taqir bo’z tuproq, sho’rxoklar, Nilning Delta qismi — botqoq tuproq. Mamlakatning g’arbiy qismida ko’chma kumlar bor. Nil vodiysi va deltasi- ning tuprog’i juda unumdor. M. hududining katta qismi suvsiz va o’simliksiz cho’llardir. Kserofit va li- shayniklar, qisman daraxtsimon usim- liklar, Liviya chulining shim.da qishda efemerlar o’sadi. Ko’proq butasimon va ut o’simliklar tarqalgan. Nil vodiysi- da, asosan, madaniy usimliklar ekiladi. O’rta dengiz sohillarida chalov, cho’l piyo- zi, na’matak, yantoq va b. bor. Hayvonlardan sudraluvchilar, jumla- dan, kaltakesak ko’p. Chullarda chiya-bo’ri, tulki, sirtlon va b. hayvonlar uchraydi. Nil bo’yida g’oz, oqqur, o’rdak, shuning- dek, yirtqich qushlar bor. Aholisining 98% misrlik arablar. Nubiylar, barbarlar, kopt (Qibt)lar (mahalliy xristianlar) M.ning tub aholisi bo’lib, mamlakatga kelgan ara- blar b-n aralashib ketgan qad. misrli- klarning avlodlaridir. Greklar, arman- lar, italyanlar, inglizlar, frantsuzlar ham yashaydi. Rasmiy til — Arab tili, deyarli butun aholi shu tilda gapla- shadi. Aholi, asosan, Islom dinining sunniylik yo’nalishida; xristianlar 10% ni tashkil etadi. Aholining 43,9% shaharlarda istiqomat qiladi. Eng yirik shaharlari: Qohira, Iskandariya, Port-Said, Ismoi- liya, Tanta, Suvaysh, Al-Mansura, daman- xur, Al-Mahallat-ul-Kubro. Tarixi. M. — insoniyat tamadsuni (tsivilizasiyasi)ning ilk makonlaridan biri (q. Misr, Qadimgi Misr). 3— 4-a. larda M. Rim imperiyasi tarkibiga kir- gan. Rim imperiyasi emirilgach (395), VI- zantiyaning bir viloyati bo’lib qoldi.7-a. boshlarida butun M. aholisi Vizantiya- ning rasmiy pravo-slav cherkoviga qarshi bo’lgan xristi-anlarning monofisit mazhabini qabul qildi. Aholi kopt (Qibt) tilida so’zlashar edi. Shu davrda M.ni sosoniylar, 639-642 y.larda esa arablar bosib oldi va mamlakatda Islom dini tarqala boshladi. Keyinchalik tulu- niylar (868 — 905), abbosiylar (905— 935), ixshidiylar (935-969) sulolalari hukmronlik qildi. Fotimiylar davri (969-1171 )da Falastin, Shom (Suriya) va G’arbiy Arabiston M.ga qaram bo’lgan. 1113 y. salib yurishi qatnashchilari M.ga bostirib kirdi. Shim. Suriya va Irokdagi Saljuqiylar noibi Nuriddin Mahmud ibn Zangi (1146-74) salibchi- larga qarshi kurashda Fotimiy xalifa Adid (1160-71) ga katta yordam berdi. Buning evaziga xalifa uni vazir qilib tayinladi (1169). 1171 y. ayyubiylar- sulolasi (1171 -1250) ning asoschisi Salohiddin taxtga chikdi. 1174 y. esa u Sulton nomini oldi. 1187 y. Suriya va M. harbiy kuchlari birlashib, salibchilarga qaqshatqich zarba berdi va Falastin b-n Suriyani ulardan ozod qildi. M.da 13- a. yarmigacha Ayyubiylar, 14-15-a.larda mamluklar hukmronlik qildi. 1517 y. turk sultoni Salim I M.ni egallab, uni Usmonli turk davlati tar- kibiga qo’shib oldi. 18-a. 2-yarmidan US- monli turk saltanati tanazzulga uchray boshladi. Bundan foydalangan mamluk beklaridan Alibey mustaqil davlat tuzishga erishdi (1769), Alibeyning vafotidan so’ng taxt uchun kurash ku- chaydi. 18-a. oxiri — 19-a. boshlarida Frantsiya va Angliya M.ni bosib olishga harakat qildilar. 1798 y. M.ni Napole- on armiyasi egalladi. 1801 y. da in-gliz floti frantsuz floti ustidan g’alabaga erishdi. 1805 y. da hokimnyat Muhammad Ali Posho qo’liga o’tdi. Muhammad Ali M.ni kuchli, mustaqil davlatga aylan- tirish maqsadida mamluk beylariga qarshi kurash olib bordi. Mamlakat iqtisodiyotining asosi bo’lgan q.x.ni rivojlantirdi. Bu davrda birinchi mo- vut, to’qimachilik f-kalari, Metallur- giya, qand, oyna z-dlari qurildi. Evropa usulidagi maktablar ochildi, yoshlar G’arb davlatlariga o’qishga yuborildi. Frantsuz harbiy maslahatchilari yordamida armiya qayta tuzildi. Mahalliy aholi armiyaga olina boshladi (ilgari faqat yollanma askarlar bo’lar edi). Muhammad Ali Su- riya, Falastin va Arabiston ya.o.ning bir kismini bosib oldi (1831-33). Turkiya- ga qaramlikdan qutulish uchun 1831 y.da unga qarshi urush ochib, turk armiyasini mag’lubiyatga uchratdi. Lekin Angliyaning ikkinchi Turkiya-M. urushi (1839-40)ga aralashuvi natijasida M. armiyasi en- gildi. Bundan tashqari, Angliya 1838 y.gi ingliz-turk savdo bitimidagi shartlar- ni M.ga maj-Buran qabul qildirdi. Bu esa mamlakatga ingliz mollari ko’plab kirib kelishiga yo’l ochib berdi. Su- vaysh kanali ishga tushirilishi (1869) b-n Angliya va Frantsiya M.da zo’r berib o’z hukmronligini o’rnatishga urindi. 1882 y. inglizlar armiyasi M.ni egallab oldi va xalq qo’zg’olonini sha-fqatsiz bo- stirdi. Mamlakatda mustamlaka tartibi o’rnatildi. Inglizlar bank va moliya ish- larini, irrigasiya qurilishlari, aloqa yo’llarini o’z qo’llariga oldi. M. faqat paxta etishtiradigan davlatga aylanib qoldi. 20-a. boshlarida Mustafo ko- mil (1874— 1908) rahbarligida milliy ozodlik harakati avj oldi. Ammo mu- stamlakachilar xalq harakatini bostir- dilar. 1914 y.da M.da Britaniya protek- torati o’rnatildi. 1918 y.da Zag’lul Sa’d boshchiligi- da «Misr delegasiyasi» (keyinchalik «Vafd») partiyasi tuzildi. Bu par- tiya 1919-1924 y.larda inglizlarga qarshi ko’tarilgan qo’zg’olonga boshchilik qildi. Xalqning kurashi natijasida ingliz protektorati bekor qilinib, M. mustaqil podshoxlik deb e’lon qilindi (1922). 1923 y. M. Konstitusiyasi Kabul etildi. Bu Konstitusiya parlament tu- zishni nazarda tutdi. U ayrim erkin- liklar — siyosiy tashkilotlar tuzish va matbuot erkinligini berdi, shu b-n birga, podshohga deputatlar palatasini tarqatish, parlament chaqiriklari mud- datini surish, vazirlarni tayinlash va bo’shatish huquqini ham berdi. Shunday bo’lsada, Angliya M.da o’z mavqeini, ya’ni davlat idoralari hamda harbiy kuchlar ustidan nazoratini, mamlakatda ingliz armiyasini saqlab qoldi. Parlament say- lovida «Vafd» partiyasi g’alabaga erish- Di va Zag’lul Sa’d boshchiligida yangi xukumat tuzildi. Biroq mamlakatda mil- liy ozodlik kurashi to’xtamadi. 1936 y. Angliya b-n M. o’rtasida shart- noma tuzildi. Shartnomaga muvofiq, in- glizlar M.ni bosib olishni to’xtatdilar, lekin mamlakatda harbiy bazalar va ar- miya sakdash huquqini oldilar. 2-jahon urushi davrida M. Italiya-Germaniya va Angliya armiyalari o’rtasidagi jang may- doniga aylandi. Urushdan keyin M.da milliy ozodlik harakati yanada kuchay- Di. Arab-Isroil urushi davri (1948— 49)da mamlakatda reaktsiya avj oldi, so’l vafdchilarni, talabalar harakati rahbarlarini qamash boshlandi. Bunga qarshi xalq harakati yanada avj oldi. Parlament 1936 y. gi Angliya-M. shar- tnomasini bekor qilish to’g’risida qaror qabul qildi. Shundan keyin Angliya M.ga qarshi agressiya uyushtirdi. M. xalqi mustamlakachilarga qarshi partizan uru- shini boshladi. 1952 y. 23 iyulda Jamol Abdul Nosir boshchiligidagi «Zubbot al- Ahror» («ozod zobitlar») uyushmasi ar- miyaga tayanib, davlat to’ntarishi o’tkazdi. Davlat hokimiyati inqilobga rahbarlik kengashi ixtiyoriga o’tdi. General M. Na- JIB kengash raisi va hukumat raxbari etib tay-inlandi; amalda kengashga No- sir rahbarlik qildi. Yangi hukumat agrar islohot o’tkazib, fallohlarni er b-n ta’minladi, mamlakatni industrlashti- rish, iqtisodiy mustaqillikka erishish siyosatini olib bordi. 1953 y. 23 iyunda M. respublika deb e’lon qilindi. 1953 y. o’rtalarida yangi tuzum rahbarlari orasida ikki oqim — Najib boshchili- gidagi eski demokratiya va J. A. Nosir rahbarligidagi inqilobiy demokratiya tarafdorlari paydo bo’ldi. Zidtsiyat ke- skinlashib, natijada Najib hukumatdan chetlatildi, Jamol Abdul Nosir bosh vazir bo’lib qoldi (1954). Angliya — M. shartnomasi (1954)gamuvofiq, 1956 y. 18 iyunda oxirgi ingliz askari M.dan chiqib ketdi. M.ning siyosiy suverenite- ti tiklandi. 1956 y. 23 iyunda M. Respublikasi- ning Konstitusiyasi qabul qilindi va Jamol Abdul Nosir prezident etib say- landi. Prezident Suvaysh kanali kompa- niyasi davlat ixtiyoriga olinganligini e’lon qildi. Shunday qilib, iqtisodiy taraqqiyot dasturini mablag’b-n ta’min- lashning muxim manbai qo’lga kiritil- Di. Shundan keyin M.ga qarshi Angliya— Frantsiya —Isroil tajovuzi boshlandi. Xalq bosqinchilarga qarshi qo’zg’aldi. Tinchliksevar xalqlarning talabi b-n ingliz, frantsuz (1956 y. dek.) xamda is- roil (1957 y. mart) armiyasi M.dan chiqib ketishga majbur bo’ldi. 1958 y. 1 Fev.da M. va Suriya hukumatlarining o’zaro kelishuvi na- tijasida yangi unitar (Birlashgan) dav- lat — Birlashgan Arab Respublikasi (Bar) tuzildi. Suriyada 1961 y. 28 sent. da davlat to’ntarishi o’tkazilib, Suriya Bar tarkibidan chikdi. M. Bar nomini saqlab qoldi. 1971 y. sent.dan bar M. Arab Respublikasi deb nomlandi. 1963 y.da J.A.Nosir rahbarligida Arab sosialistik Ittifoqi (asi) tu- zildi. Asi 1952 y. iyul inqilobining maqsad va tamoyillarini ximoya qilish, qolokdikni tugatishni o’zining asosiy burchi deb bildi. 1964 y. 23 martda yangi muvaqqat Konstitusiya qabul qilindi. Konstitusiyaga muvofiq, hamma korxo- nalar xalqniki deb hisoblandi. Shu b-n birga, xususiy va kooperativ mulk xdm saqlanib qoldi. J. A. Nosir Pre- zidentligi davrida muhim ijtimoiy- iqtisodiy islohotlar o’tkazildi. Ban- klar, ko’pgina yirik va o’rta savdo hamda sanoat kompaniyalari davlat ixtiyoriga olinishi, keng miqyosda yangi korxona- lar qurilishi tufayli iqtisodiyotda qudratli davlat sektori barpo etildi. 1967 y. bahoridaYaqin Sharqdagi mo- jaro keskinlashdi. 5-10 iyun kunla- ri Isroil qo’shinlari Sinay ya.o.ni bo- sib olib, Suvaysh kanalining Sharqiy sohiliga etib keldi. Xalqaro jamoat- chilik va avvalo BMT xavfsizlik Ken- gashining talabi b-n urush harakatlari to’xtatildi. Ammo urush natijasida M.ning iqtisodiyotiga katta talafot etdi. Urush tufayli Suvaysh kanali zo- nasidagi iqtisodiy hayot izdan chiqdi. Kanaldagi kema qatnovi 1975 y.gacha to’xtab qoldi. 1968 y. 30 martda J.A.Nosir Isro- il tajovuzi oqibatlarini tugatish uchun barcha kuch va vositalarni safarbar etish dasturini bayon qildi. 2 may umumxalq referendumi bu dasturni ma’qulladi. 1970 y. 28 sent.da J.A.Nosir vafot etdi. O’sha yil 15 okt.da A. Sadat Pre- zident etib saylandi. Uning davrida bozor munosabatlarini rivojlantirish, iqtisodiyotning xususiy sektorini ku- chaytirish va faollashtirish, mamlakat- da ishlab chiqariladigan mahsulotlar va avvalo iste’mol mollari xamda xizmat- lar hajmini oshirish, xorijiy inve- stisiyalarni jalb etish yo’lini amalga oshirishga kirishildi. Biroq 1967 y. «olti kunlik» urushda Isroil tomoni- dan bosib olingan M. erlarini (Sinay ya.o.ni) qaytarib olish muammosi hal bo’lmay qolayotgan edi. 1973 y. okt.da M. armiyasi Suvaysh kanalidan o’tib, uning Sharqiy sohiliga tushdi. Urush nati- jasida muammoni hal etishning iloji bo’lmagach, o’t ochish to’xtatildi va 1974 y.da qo’shinlarni bir-biridan yiro- klashtirish haqida bitim imzolandi. 1979 y.da Kemp-Devid (AQSh)da tuzil- gan sulx. shartnomasi asosida Isroil uzi bosib olgan erlarni M.ga qaytarib berdi. Bu sulhga boshqa Arab davlatlari qarshi chikdi va M.ni Arab davlatlari uyushmasidan chiqardi. 1981 y. 6 okt.da A. Sadat diniy tashkilot a’zolari to- monidan o’ldirildi va o’sha yil 13 okt. da Husniy muborak prezident etib say- landi. Yangi rahbariyat ichki siyosiy vazi- yatni, xalq noroziligini yumshatish tad- birlarini ko’rdi, ijtimoiy turmushni birmuncha erkinlashtirdi, iqtisodiyotni sog’lomlashtirish yo’lida katta qadamlar qo’ydi. I.ch. tarmoqlarini jadal rivoj- lantirish orq-Ali iqtisodiyotdagi nomu- tanosiblikni bartaraf etish yo’li tu- tiddi. Mamlakatni zamonaviy bozor mu- nosabatlarini shakllantirish yo’lidan rivojlantirishni jadallashtirishga qaratilgan islohotlar amalga oshiril- Di. Xalqaro maydonda og’ir-vazmin va ep- chil siyosat o’tkazila boshladi. Jumladan, Qo’shilmaslik harakati, Arab davlatlari uyushmasi, Islom konferen-tsiyasi tash- kiloti b-n hamkorlik FA-ollashtirildi. Yaqin Sharqdagi tinchlik jarayonini da- vom ettirish, Arab-Isroil mojarosini bartaraf qilish M. tashqi siyosatining asosiy masalasi qilib qo’yildi. 1989 y.da M.ning Arab davlatlari uyushmasi- ga a’zoligi tiklandi. M. — 1945 y. dan BMTa’zosi. O’zrsuverenitetini 1991 y. 26 dek.da tan olgan va 1992 y. 23 yanv. da diplomatiya munosabatlari o’rnatgan. Milliy bayrami — 23 iyul — inqilob kuni (1952). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmala- ri. Milliy demokratik partiya, 1978 y.da tashkil etilgan; Milliy taraqqiyparvar (so’l) partiya, 1976-77 y.larda tuzilgan; Mehnat partiyasi, 1978 y.da asos solin- gan; liberallar partiyasi, 1976-77 y.larda tashkil etilgan, 1990 y. yanv. gacha Liberalso-tsialistik partiya deb atalgan; «Al-Vafd» partiyasi, 1978 y.da tuzilgan; «Al-Umma» («millat») parti- yasi, 1983 y.dan oshkora faoliyat yurita boshlagan. M. mexnat federasiyasi kasaba uyushmasi, 1957 y.da asos solingan, Af- Rika kasaba uyushmalari birligi tashki- lotiga kiradi. Xo’jaligi. M. — agrar-Industri- al mamlakat. Jahon bozoriga yuqori si-fatli uzun tolali paxta va undan to’qilgan gazlamalarni ko’p mikdorda etkazib beradi. 70-y.lar oxiri —80-y. lar boshlarida neft qazib olish va eks- port qilish kupaya boshladi. Iqtisodiy taraqqiyotga, ayniqsa, sanoat va unga ko’maklashuvchi tarmoqlarni rivojlan- tirishga e’tibor kuchaydi. 90-y.larning o’rtalarida yalpi ichki mahsulotda sano- atning ulushi 28,5%, q.x. ulushi 20% ga etdi. Sanoati mustaqillikka erishgunga qadar, asosan, mayda hunarmandchilik korxonalaridan iborat edi. Iskanda- riyada neftni qayta ishlovchi, avtomo- bil shinalari ishlab chiqaruvchi z-dlar, Suvaysh-Qohira neft quvuri mavjud. 1952 y.dan beri 1000 dan ortiq yangi sa- noat ob’ektlari ishga tushirildi. Sa- noat korxonalari, asosan, Qohira, is- kandariya va Nil deltasidagi boshqa yirik shaharlarda joylashgan. 1958 y.da Qohira yaqinida qurilgan Hulvon me- tallurgiya z-Di mamlakatning dastlabki yirik metallurgiya korxonalaridandir. Bu z-D Asvon yaqinidan qazib olingan si- fatli temir (40-60%) rudasi asosida ishlaydi. Asvon sh.da yiliga 300 ming t po’lat ishlab chiqaradigan metallurgiya markazi bor. Mashinasozlik sanoati ham qayta qurilgan. Mostorodda elektr ka- bellari z-Di va metall buyumlar ishlab chiqarish f-kasi, Hulvonda va-gonsozlik, avtomobil, po’lat quvurlar z-dlari, is- kandariyada to’qimachilik sanoati usku- nalari z-Di, Qohirada velosiped va televizor z-dlari, Port-Fuod, Iskanda- riyada kemasozlik korxonalari, keying yillarda ishga tushirilgan avtomobil, traktor, sovitkich, metall qirqish stano- klari ishlab chiqaruvchi korxonalar ham bor. Suvaysh, Qohira, Iskandariya, Tanta sh.lari neftni qayta ishlash markazlari- dir. Kime sanoati faqat mineral o’g’it i.ch.dan iborat. Kafr-uzzayyat va Abuza’- baldagi z-dlar yiliga 200 ming t super- fosfat i.ch. quvvatiga ega. Asyutda yiliga 200 ming t superfosfat chiqaradigan z-D mavjud. Abuza’balda qurilgan antibio- tiklar z-Di farmasevtika sanoatiga asos soldi. Yana 5 farmasevtika korxonasi qurildi. Bulardan tashqari, Asvonda kaltsiy, Su-vayshda ammoniy sulfat, Iskandariya yonida soda z-dlari, Xulvonda kokskimyo z-Di bor. Qurilish ashyolari sa- noati korxonalari Hulvon, Al-Ma’sara, Al-tur va Iskandariya atroflarida bo’lib, asosan, tsement ishlab chiqaradi. Yirik to’qimachilik korxonalari Al- Mahallat-ul-Kubro, Kafr-ud-Davvar va Kafr-uzzayyat sh.laridadir. Oziq-ovqat sanoati q.x. mahsulotini qayta ishlay- Di. Armant, ko’m-Umbo’, Adfu sh.larida yirik qand z-dlari bor. Asvon gidroe- nergetika majmuiga kiruvchi elektr st- yalar va yoqilg’i b-n ishlaydigan elektr st- yalar yiliga o’rtacha 525 mlrd. kvtsoatdan ortiq elektr energiya ishlab chiqaradi. Qishloq xo’jaligining etakchi tarmog’i — dehqonchilik. Q.x., asosan, Nil deltasi va vodiysida rivojlan- gan, bu erda 3 mln. gektarga yaqin (mam- lakat hududining 3%) maydonda yiliga 2 marta, Asvon to’g’oni qurilgandan beri 3 marta (qishda ham) ekin ekib, hosil oli- nadi. Birinchi navbatda ko’proq daromad keltiradigan sholikorlik va paxtachilik (ingichka tolali paxta tayyorlash bo’yicha dunyoda 1-o’rin) rivojlangan. Bundan tashqari, bug’doy, arpa, makkajo’xori, dukkaklilar va sabzavot, shakarqamish, xashaki ekinlar ekiladi. Tsitrus meva- lar (apelsin, mandarin, limon), xurmo, banan, anjir, uzum, asosan, mamlakat shim.da etishtiriladi. Tabiiy yaylov va em-xashak kamli- gi sababli chorvachilik durust rivoj- lanmagan. O’troq aholi (dehqonchilik vohalarida) qoramol (sut uchun), qo’y, echki va xonaki parranda, ko’chmanchilar esa tuya, qo’y va echki boqadi. Asal-ari- chilik rivojlangan. Nil daryosi va ichki ko’llarda, shuningdek, O’rta dengizda baliq ovlanadi. Transporti. Mamlakat ichida yuklar, asosan, avtomobil transportida (85%) tashiladi. Yuk tashishning salkam 10% t.y.larga, 5% chasi suv transportiga to’g’ri keladi. Avtomobil yo’llari uz. 48,8 ming km. Eng muhim avtomagistral- lari: Qohira — Iskandariya, Iskandariya — Marso Matruh, Qohira — Suvaysh, Suvaysh — Port-Said, Qoqira — al- G’ardaqa, Qohira — Asyut. T.y. uzunligi — 8,8 ming km. Asosiy t.y. magistralla- ri: Qohira — Asvon, Qohira — Iskan- Dariya, Qohira — Suvaysh, Port-Said — Ismoiliya. Nil va magistral kanallar- dagi kema qatnovi yo’llari uz. — 3 ming km dan ortiq. Dengiz savdo flotining tonnaji — 1,68 mln. tonna dedveyt. Tashqi savdo yuklari, asosan, xori- jiy dengiz kemalari va samolyotlarda tashiladi. Asosiy dengiz porti — is- kandariya (O’rta dengizda), boshqa yirik portlari — Port-Said va Suvaysh (Su- vaysh kanalida), Ras-Shukeyr va Safa- ga (qizil dengizda), Qohirada yirik xalqaro aeroport bor. M. chetga neft va neft mahsulotlari, paxta, ip gazlama va kalava ip, alyumi- niy va b. chiqaradi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, don va b. oziq-ovqat maxsu- lotlari, tsement, metall, yog’och va b. ola- Di. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: Italiya, Frantsiya, Germaniya, Yaponiya, AQSh. Chet el say-yohligi anchagina da- romad keltiradi. Pul birligi — Misr funti. Tibbiy xizmat aralash tarzda tashkil etilgan. Sog’liqni saqlash vazirligi, muhofazalarda sog’liqni saqlash Depar- tamentlari bor. Mamlakatda bepul tib- biy xizmat yo’lga qo’yilgan. Xususiy shi- foxonalar ham bor. Vrachlar un-tlarning 9 ta tibbiyot, 4 ta stomatologiya, 6 ta Far- masevtika f-tida, shuningdek, chet ellar- da tayyorlanadi. O’rta malakali tibbiy xodimlar tayyorlaydigan 276 ta maktab bor. Un-tlarning tibbiyot f-tlarida i.t.lar o’tkaziladi. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’ri- fiy muassasalari. M.ni 7-a.da arablar istilo qilganidan keyin Islom diniy maktablari ko’plab ochila boshladi. 10-a. da al-Azhar musulmon untiga asos so- lindi. Dastlabki dunyoviy o’quv yurtlari 19-a. 2-yarmida paydo bo’ldi. Xorijiy va mahalliy xususiy maktablar barpo etil- Di. 4 y.lik boshlang’ich maktab eng ko’p tarqalgan o’quv yurti edi. .1952 y.dan keyin boshlang’ich va o’rta maktab isloh qilindi. 1956 y.da barcha bolalarga 6 yoshdan majburiy be- pul boshlang’ich ta’lim berish haqida qonun qabul qilindi. 1962 y.gi dekret maktabgacha tarbiyadan to oliy o’quv yur- tigacha bo’lgan barcha davlat o’quv yurtla- rida bepul ta’limni joriy etdi. Endi- likda bolalar uchun 6 yoshdan boshlab 6 y.lik boshlang’ich ta’lim, so’ngra 3 y.lik to’liqsiz tayyorlov maktabi, 3 y.lik to’liq o’rta maktab mavjud. Barcha bosqichlarga ega bo’lgan xususiy maktablar bor. Hunartexnika tayyorgarligi hunar bilim yurtlari, hunar markazlari, o’rta maxsus o’quv yurtlari, shuningdek, 5 y.lik texni- ka maktablarida olib boriladi. Oliy ta’lim tizimiga un-t, in-t va 4 y.lik kollejlar kiradi. To’liqsiz oliy ma’lumot beradigan 2 y.lik texnika in- tlari xam bor. Mamlakatdagi 14 ta un- tning eng yiriklari: K,Ohira, Ayn ush- Shams, Iskandariya un-tlari, Qohiradagi Amerika unti, Al-Azhar unti. Eng yirik in-tlari: Al-Mansura va Qohiradagi politexnika in-tlari, Asvondagi indu- strial in-t va b. Yirik kutubxonalari: Qohiradagi Milliy kutubxona (1870), M. in-tining kutubxonasi (1859), Qoqiradagi Milliy Majlis kutubxonasi (1924), Qohira unti kutubxonasi (1908), Iskandariya unti kutubxonasi (1942), Qohiradagi Hulvon unti kutubxonasi, Iskandariyadagi Mu- nisipal kutubxona (1892). Yirik muzeylari: Islom san’ati mu — zeyi (1882), geol. muzeyi (1899), M. mu- zeyi, zamonaviy san’at muzeyi (1920), Paxta muzeyi (1923), T.y. muzeyi (1933), Harbiy muzey — hammasi Qoxirada, is- kandariyadagi yunonrim osori atiqalari muzeyi (1892). Ilmiy muassasalari: Qohiradagi M. in-ti (1798), I.t. va texnologiya aka- demiyasi (1971, tarkibida i.t. markazi, Atom energiyasi markazi, metallurgiya Markaziy tadqiqot in-ti, Okeanogra- fiya va baliq i.t. in-ti, Astronomiya in- ti, neft tadqiqot in-ti, axborot va hujjatlashtirish milliy markazi mav- jud). Qohirada Ped. tadqiqotlari mil- liy markazi, al-Jizada Arab tili aka- demiyasi, q.x. tadqiqot markazi va b. bor. Matbuoti, teleko’rsatuvi va radio- eshittirishi. M.da vaqtli nashrlar soni 300 dan oshadi. Eng yiriklari: «Al- aqrom» («ehrom», kundalik gaz., 1875 y.dan), «Al-Axbor» («xabarlar», kun- dalik gaz., 1944 y.dan), «Al-jumhuriya» («Respublika», kundalik gaz., 1953 y.dan), «Al-aholi» (kundalik gaz., 1978 y.dan), «Axbor al-Yaum» («kun yangili- klari», kundalik gaz., 1944 y.dan). «Al- Ahror» («liberallar», haftalik gaz., 1977 y.dan), «Al-Vafd» («delegasiya», haftalik gaz., 1984 y.dan), «Axer Saa» («So’nggi soatda», haftalik jur., 1934 y.dan), «Alka-vakib» («Yulduzlar», haftalik jur., 1952 y.dan), «oktobr» («Oktyabr», oylik jur., 1976 y.dan) — hammasi Arab tilida; «jurnal D’Ejipt» («Misr gazetasi», frantsuz tilida chikadigan kundalik xususiy gaz., 1936 y.dan), «Ijipshn gazett» («Misr gazetasi», ingliz tilida chiqadigan kun- dalik gaz., 1880 y.dan), «Ijipshn meyl» («Misr pochtasi», ingliz tilida chikadi- gan gaz., 1910 y.dan) va b. Yaqin Sharq ax- borot agentligi (mena), M.ning rasmiy axborot agentligi, 1955 y.datuzilgan. M. radioeshittirish va teleko’rsatuv uyush- masi 1928 y.da tashkil etilgan. Adabiyoti eng qad. Adabiyotlardan bo’lib, mil. AV. 3ming yillikda paydo bo’lgan. Qad. M. va Qibt adabiyoti ri- vojlangan. Rasmiy va tarixiy voqealar bayoni, mehnat jarayonini kuylovchi qo’shiklar kabi adabiy yodgorliklarning ko’pgina namunasi shoxlar sag’analari devorlariga yozib qoldirilgan. O’rta va yangi shoxlik (mil. AV. 16-11-a.lar) papiruslarida yozilgan ko’pgina rivoyat- lar saqlangan. Ularning mu-alliflari ma’lum emas. Asosiy janrlari: ertak, rivoyat, madhiya, marsiya, duo, nasihat, ma- sal, epos, ishqiy lirika kabilar. Mil. 7-15-a.larda Arab adabiyoti shakllanib, ravnaq topdi. Adabiy janr va mavzular kengaydi. Yangi M. adabiyoti turklar hukmronligi (16-18-a.lar) tufayli rivojlanmay qolgan edi. 19-a. boshla- ridan M. adabiyoti Evropa mustamlaka- chilariga qarshi kurash ta’sirida Arab tilida rivojlandi. 19-a.ning 1-yarmida Muhammad Alining islohoti munosaba- ti b-n M.da dunyoviy maktablar ochildi, kitoblar nashr etila boshladi, birin- chi Arab gaz. chop etildi. Ana shu davrda Muqammad Abdo, Abdulloh Nodim, Adib Ishoq kabi ma’rifatparvar adiblar xorijiy kelgindilar zulmiga qarshi chiqib, ijtimoiy islohotlarning za- rurligi haqida yozdilar, Mahmud Sami al-Barudiy (1837-1904) o’z she’rlari- da ingliz mustabidlariga qarshi kura- shishga chaqirdi. Hofiz Ibrohim (1871 — 1932) va «shoirlar amiri» Ahmad Shavqiy (1869-1932) ham o’z asarlari- da inglizlar hukmronligiga qarshi ku- rashni tasvirladi. Yangi M. adabiyoti va publisistikasining asoschisi Mustafo Komil (1874— 1908) ham o’sha davrning yirik ma’rifatparvaridir. 1919-24 y.larda M. xalqining inglizlarga qarshi qo’zg’olonlaridan keyin Toho Husayn, Tavfiq alhakim kabi adiblar samarali ijod qildilar. 20-y.lar M. adabiyotida maishiy mavzudagi novellalar asosiy o’rinni egalladi. Uning asoschisi «Shayx Juma va boshqa hikoyalar» nomli ilk novellalar to’plami muallifi Mahmud Taymurdir. Salom Muso va Ibrohim Amin kabi keksa taraqqiypar-var adi- blar ham mehnatkashlarning inglizlar hukmronligiga qarshi kurashini aks et- tiruvchi asarlar yaratib, milliy ozodlik g’oyalariga sodiq qoldilar. 20-y.larda M. adabiyotida maishiy mavzudagi drama- lar ham paydo bo’ddi. M. Tay-Murning «Halokat», Farax Antuanning «yangi va ko’hna Misr», Antuan Yazbekning «uyda bo’ron» va «Qurbon» pesalarida zamo- naviy mavzular o’z ifodasini topgan. 20-30-y.larda atoqli dramaturg Ahmad Shavqiy qad. M. adabiyoti tarixiga oid «Kleopatraning o’limi», «Antara» kabi she’riy t-ragediyalar yaratdi. 30-y.larda she’riyat taraqqiyotida «Apolo» («Apol- lon») to’garagi muhim rolo’ynadi. M. adabiyoti 2-jahon urushidan keying yillarda, ayniqsa, gurkirab rivojlandi. Bu davr ada- biyotida demokratik g’oyalarni Kuyla- gan bir qancha iste’dodli yoshlar paydo bo’ldi. Tinchlik va kelajak uchun kurash adiblarning asosiy mavzui bo’ldi. 40— 50-y.lar hikoyanavisligida Abdurahmon alhamisiy va Abdurahmon ash- Sharkaviy ijodi asosiy o’rinni egal- laydi. Hamisiyning «qonli ko’ylak», «Qotmagan qon», «biz o’lmaymiz» va shar- kaviyning «bayroq», «Markaziy ko’cha ortidan» kabi to’plamlarida milliy mustaqillik uchun kurash aks etgan. Xud- Di shu mavzu romantik ruxda Yusuf as- Siboyining «Yuragimni qaytarib ber» va Ishoq Abdul Quddusning «o’yimizda erkak bor» asarlarida o’z ifodasini topgan. Bu davrdagi ijtimoiymaishiy mavzuni aks ettirgan romanlar diqqatga sazovor. Nagib Mahfuz inqilobgacha va undan so’nggi davr haqida yirik asar- lar yaratdi. «Ovloqko’chalar», «Ibtido va in-tiho» nomli romanlari va «Bayn al-Qasrayn», «As-Sukkariya» trilogiya- si adibga Shuhrat keltirdi. U 50-y.larda tanqidiy realizm an’analarini davom ettirib, zamonaviy mavzudagi «kuzgi be- danalar», «yo’l», «gado» kabi romanlar yozdi. M. jamiyati hayotida yuz berayotgan ijtimoiy hodisalarni aks ettirishga urinish adabiyotdagi asosiy yo’nalishdir. 60-90-y.lar adabiyotning dolzarb mavzu- dagi asarlari orasida al-Hitaniyning «Za’faron» ko’chasidagi hangomalar», al-Kuayidning «Misr diyoridagi jang», «Qishki tush», S Ibrohimning «avgust yulduzi» romanlari bor. Me’morligi. M. qad. me’moriy yod- gorliklarga boy mamlakat. 4 ming yil- lik rivojlanish davrini o’z ichiga oluvchi qad. M. me’morligida ehrom, maqbaralarning Nodir shakl va turlari yaratildi. Bular jahon san’atining noyob namunalaridir. Yunon — Rim davri (mil. 300 y.)da qad. me’moriy an’analar b-n yonma-yon yangi me’moriy obidalar yuza- ga keldi. Xristianlik esa Bavit, Vodiy Na-trun, So’hoj sahrolaridagi Mona- stirlarda aks ettirildi. M.ga arablar kelishi natijasida musulmon me’mor- ligining rivojlanishiga asos solin- Di. Masjid, shoh saroyi, hammomlar va harbiy qal’alar shahar me’morli- gining asosiy unsurlari bo’lib qoldi. Nilning Sharqiy qirg’og’ida qurilgan Fustat qal’asi (640-41) arablarning M.da qurgan dastlabki me’moriy insho- otidir. 8-9-y.lardayoq to’g’ri burchakli, hovlili, atrofi ustunli ayvonlar b-n o’ralgan o’ziga xos masjid binolari pay- do bo’ldi (Amir masjidi, 641 — 827; Ibn Tulun masjidi, 876-79 va b.). Fo- timiylar Fustatni bosib olib, uning shim.da M.ning hoz. poytaxti — Al- Qohira (g’olib)ni qurdilar (969). Fo- timiylar (10-12-a.lar) va ayyubiylar (12-13-a.lar) davridan Qohirada ko’p masjidlar, inshootlar, shu jumladan, Qohiraning uch shahar darvozasi, Qohira qal’asi qolgan. Mamluklar davri (13— 16-a. boshlari)da katta masjidlar, ma- drasalar qurilishi mu-him o’rin egal- ladi. Bu binolar bezagida koshinkor- lik, tosh va oyna katta o’rin oldi. 16-a. dan imoratlar, asosan, turk an’analari asosida qurildi. Mac, Muhammad Ali masjidi (qal’ada, 1630-48). 19-a. oxi- ri — 20-a. boshlarida M. me’morligida qad. milliy an’analarni tiklashga inti- lish kuchaydi. Biroq, ayni vaqtda Evropa klassisizmining ham ta’siri zo’raydi. Suvaysh kanalining qazilishi (1835— 69) b-n yangi shaharlar: Port-Said, Su- vaysh, Ismoiliya qurildi. M.ning o’ziga xos sharoitida Evropa me’morligini tatbiq etish tajribasi faqat tashqi si- fatlarni yuzaki ravishda qabul qilish yo’li b-ngina bordi. 20-a. boshlarida Qohira Gezir va Rod o.larida qurilgan yangi binolar hisobiga ancha kengaydi. 20-a.ning 30-50-y.larida M.ning ij- timoiy va madaniy hayotida oldinga sil- jish yuz berishi natijasida M. me’mor- ligida zamonaviylik asosiy o’rin egal- ladi. Iskandariya qayta qurilib, Sharqda al-Muntaz, g’arbda Ras at-din qal’alari b-n tutashdi. Oralikda istirohat bog’lari, sport klublari qurildi. M. xalqining mustaqillik uchun kurashi utmishdagi milliy merosni ijodiy ti- klash bayrog’i ostida o’tdi. An-Naxda «Uyg’onish» nomini olgan bu harakat, ayniqsa, adabiyot va san’atga kuchli ta’- sir etdi, me’morlik ham bundan chetda qolmadi. Shu davrdagi M. me’morlari o’zining yangi yo’nalishida jahrn zamo- naviy me’morligining nazariya va ama- liyotini inobatga olib bordi. Krxira (1955) va Iskandariya (1958) sh.larini qayta qurish rejasi tuzildi. 60-y.lar- da yangi me’morlik uchun olib borilgan kurash, asosan, g’alaba qozondi. Zamo- naviy uslubda ko’pgina jamoat binola- ri (qo-hira aeroporti, Iskandariyada «Falastin» mehmonxonasi, Qohiraning yangi Madinat-an-Nosir tumani, 1959— 62, bosh me’mor Sayd Karim), hukumat uyi, un-t shaharchasi, kasalxonalar, 100 ming o’rinli stadion, sayyohlar markazi qurildi. Ularda o’rta asr Arab me’mor- ligi an’analaridan ham foydalanilgan. Tasviriy san’ati. M.da qad. san’- at obidalari ko’p saqlangan (q. Misr, Qadimgi Misr). Musulmon tasviriy san’-atining bizgacha etib kelgan ilk na-munalari fotimiylar davriga man- subdir. Fustatdagi xammom devoriga chi- zilgan rasmlar, tosh, yog’och, fil Su-yagiga o’ymakorlik usulida ishlangan sozanda- lar, raqqosalar, chavandozlar qiyofalari, ov va ziyofat manzaralari, miniatyura- lar, «maqomot» kitobiga ishlangan Su- ratlar shu jumlaga kiradi. Ularning tasviriy uslubida yunon va Qibt san’- ati an’analari ta’siri seziladi. O’rta asr manzarali-amaliy san’atida kashta, to’qima yoki bosma gulli matolar, rang- barang gulli so-Pol buyumlar, tog’bil- luridan tarashlab va o’yib naqshlangan idishlar, sirkorlik b-n ishlangan shisha buyumlar, nafis o’yma va qadama anjom- lar, jimjimador yog’och mehroblar, min- barlar yasash keng urf bo’ldi. M.dagi Arab san’-atining barcha turlarida naqsh va husnixat alohida o’rin oladi. 10— 12-a.lar san’at asarlarining bezakla- rida odam va jonivorlar tasviri ko’p uchraydi, keyingi davrlarda esa tabiat va o’simliklar tasviri, turli chiziqdar ustunlik qildi. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida M.da yangi tasviriy san’at vujudga keldi. Bu voqea, bir tomondan, yangi davrdagi evropalik ustalar tajribasi va san’- atini o’zlashtirish, ikkinchi tomondan, milliy ozodlik harakati ta’sirida qad. va o’rta asr milliy badiiy an’analari- ni qayta tiklash muddaosi b-n izoxla- nadi. Zamonaviy M. san’ati nisbatan yosh. Ilk davrda u G’arb modern oqimlari ta’sirida bo’lsada, tezlikda milliy an’analar va qad. merosni o’rganishga kirishdi. Yangi san’-atning asoschilari Mahmud Muxtor va Mahmud Saidning ijodi 20-a.ning 20-30-y.larida gul- lash davrini boshdan kechirdi. Bularga 40-y.larda yangi davr san’atining Yi- rik vakili Muhammad Nag’i qo’shildi. Ularning ijodi o’z xalqining qad. ba- diiy madaniyatiga intilishi, insonpar- varligi va xalqparvarligi b-n ajralib turadi. Muxtorning yirik asarlaridan «Uyg’onayotgan Misr» monumenti keng Shuhrat qozongan. Nag’ining «Efiopiya hayotidan parcha», «Pardoz», «Qohiradagi ko’prik» va b. asarlari mashhur. 1952 y. gi inqilob yosh realist rassomlar: man- zarachi Georg Sabax, Labib Tadros, Said as-Sadr, portretchi Husan Bakar, Latif Nasim, Muhammad Uvays va b.ning ijo- diga keng yo’l ochdi. 50-a.lar rassomligi- da bezak kartinalar ham keng tarqaldi. Mashhur Jamol as-Sag’inning «ozod- lik», «tinchlik g’alabasi», «Afrikaning uyg’onishi» kabi ramziy haykallari muallifning insonparvarlik, xalq g’alabasiga ishonchidan dalolat beradi. Haykaltaroshlardan M. Muso, A. Usmo- niy, haykaltarosh va rassom Dia Sakkof- lar milliy mavzuni ifodalashning re- alistik usullariga murojaat etadilar. Ba’zi yosh rassomlar G’arbdagi eng yangi modernistik oqimlar yo’lidan borishga intiladi. An’anaviy manzarali-ama- liy san’at turlari, suyak, yog’och, metal o’ymakorligi, zargarlik, to’quvchilik, ku- lollik taraqqiy etgan. Suratkashlik ham rivojlandi: Abdul Vofiy, Fuod, izzat, al-Buxgo’ri, Zuxdiy Roha va b. xalq ama- liy san’atida chinni, oyna, tosh va za- monaviy sintetik materiallardan foy- dalanila boshladi. Qohiradagi nafis san’at maktabi badiiy in-tga aylanti- rildi. Musiqa — M. madaniy qayotining ajralmas qismi. Qad. dramatik diniy janrlardan tortib maqamlargacha mash- xur. Arab maqamlari Sharkdagi boshqa xalqlar orasiga ham yoyilgan. Cholg’u as-boblari benihrya xilma-xil. Mu- stamlakachilik asorati M. madaniyati taraqqiyotiga g’ov bo’ldi. Said Darvish (1892-1923) yangi M. musiqasining qaldirg’ochidir. Uning yorqin vatanpar- varlik ruhidagi qo’shiqlari ko’pgina Arab mamlakatlariga yoyilgan. «Al-Barux», «Shahrizoda», «o’nlik g’ishtin» kabi musiqali sahna asarlari M. zamonaviy musiqasiga asos bo’ldi. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida M. musiqasida kontsert- lar katta o’rin oldi. Yangi kontsert janr- lari vujudga keldi. 1910-20 y.larda Arab operettasi degan janr yuzaga keldi. Kompozitor S. Darvish bu janrning eng atoqli ar-bobi edi. 1914 y.da Koxirada asos solingan musiqa klubi keyinchalik Sharq musiqasi maktabiga (1929 y.dan Arab musiqasi in-tiga) aylantirildi. 1927 y.da M. musiqa jamiyati tashki l etildi. 1952 y. inqilobidan so’ng M. musiqiy hayoti jonlandi. Bir qator o’rta va oliy o’quv yurtlarida musiqachilar tayyorla- na boshladi. 60-80-y.larda, ayniqsa, shaharlarda ommaviy musiqa keng yoy- ildi. Qohira konservatoriyasi poy- taxt opera teatrining milliy kad-rlar o’chog’idir. 1962 y.da Kohirada Operet- ta teatri ochilgan. M. musiqasida yangi g’oyaviybadiiy zamin kuchaydi, mahalliy mavzularga e’tibor ko’paydi. M. san’- atkorlari orasida um Kulsum, Shams, Sag’ira, Shodiya, Fayz, Ahdam, Saboh sin- Gari yakkaxonlar mashhur. Teyatri. M.da teatr san’ati unsur- lari eng qad. diniy marosim va bayram tomoshalariga borib taqaladi. O’rta as- rlarda soya teatri bo’lgan. Mamluklar hukmronligi urf-odatlarini mazah qiluvchi komediyalar muallifi Ibn Daniala bu teatrning tanikli arbobi edi. Bu davrda qo’g’irchoq teatrlari qam keng yoyildi. «Araguz» qo’g’irchoq tea- tri, ayniqsa, mashhur bo’ldi. 1869 y.da Suvaysh kanali tantanali ochilishi mu- nosabati b-n Opera teatri qurildi va J. Verdining «Rigoletto», 1871 y.da «Aida» operalari ko’rsatildi. 1869 y.da Yo. Sannua rahbarligida birinchi milliy professional teatr truppasi tashkil etildi va o’zining Arab tilidagi ope- rettasini ko’rsatdi. Keyinchalik Qohira va Iskandariyada ham professional dra- ma teatrlari ochildi. Bular orasida I. Farrah tomonidan tuzilgan (1891) teatr truppasi ijodi milliy musiqali dra- maga asos bo’ldi. Ko’pgina havaskorlik jamoalari ham ishladi. M. teatri taraqqiyotining key-ingi davri J. Abyod, M. Taymur, Yu. Vahbiy, T. alhakim kabi iste’dodli teatr arboblari nomi b-n bog’liq. 1920 y.da «Al-Ezbakiya» teatri, 1923 y.da yu. Vahbiy boshchiligida «Ram- zes» teatri, 1933 y.da «Milliy truppa», 1935 y.da alhakim boshchiligida «mil- liy teatr» tashkil etildi. M. sekin-asta Arab teatr madaniyatining markaziga ay — landi. 1952 y. gi inqilobdan keyin Arab xalqlari hayotidagi siyosiy va ijtimoiy- iqtisodiy o’zgarish milliy san’-at, jumladan, teatr san’ati taraqqi-yotida muhim rol o’ynadi. Qohiradagi Mil- liy teatr, Xalq teatri, «Arab teatri» kabi davlat teatrlarining faoliyati yangi bosqichga ko’tarildi. Teatr san’ati in-ti (1952), «26 iyul teatri» (1959), «Al-Jumhuriya» (1961) teatri ochildi. Qoqirada xususiy teatrlar ham bor. Iskandariyadagi Muhammad Ali teatr truppasi, «Kleopatra» teatri, Milliy teatr, shuningdek, Qohira, Port-Said, Damanhur, Tanta kabi shaharlardagi havaskorlik trup-palari ham mashhur. Teatrlar repertu-arlaridan yo. Sannua, Yu. Vahbiy, A. Ezbak, T. alhakim, M. Tay- Mur, A. Farrah, Yu. Idris kabi milliy hamda ja-hon klassiklarining asarlari o’rin olgan. Ularda M. ko’cha xalq teatri usullaridan ham foydalaniladi. Sahna san’atining boshqa turlari kabi xalq raqs san’ati ham qadimiydir. Har bir teatr truppasi raqsga katta o’rin beradi. Mumtoz baletga qiziqish M. sahnasiga G’arb mumtoz baletining kirib kelishi b-n boshlandi. Mamlakatda xususiy balet maktablari tashkil etildi, qobiliyatli yoshlar balet san’atini o’rganish uchun Ev- ropa shaharlariga yuborildi. 1959 y.da milliy xoreografiya maktabi ochildi. Kiiosi. 1896 y. da Iskandariyada birinchi kinoteatr ochilgan, unda xori- jiy filmlar ko’rsatilgan. 1912 y.da hujjatli lentalar ishlab chiqarila boshlagan. Dastlabki Arab badiiy fil- mlari — «Jar yokasida» va «uzilgan gul» 1917 va 1918 y.larda ekranga chiqarilgan bo’lsada, ularni muttasil i.ch. 1927 y.dan boshlangan. Ilk Arab ovozli filmla- ri («Laylo», rej. A. Jalol; «Qalb qo’shig’i», rej. J. Abyod va Nadra; «boy- larning bolalari», rej. M. Karim) 1931 y.da Parijda suratga olingan. 30-y.lar oxiri — 40-y.lar boshida milliy kino- ni rivojlantirish harakati boshlandi. 1935 y.da Qohirada «Misr» milliy ki- nostudiyasining ochilishi b-n Arab kine- matografiyasi tez rivojlana boshladi. 1927-38 y.lar mobaynida 70 ta kino- film, 1952 y.dan esa har yili 60-70 tadan kinofilm ishlab chiqarildi va M. kinematografiyasi xalqaro miqyosda tanila boshladi. «Yurakdagi o’q», «oq gul» (rej. M. Karim), «do’zax osmoni», «Jamila» (rej. Yu. Shaxin), «Iroda» (rej. K. Salim), «Sevgi va ko’z yoshlari» (rej. K. ash-Shayx), «qora ko’zoynak» (rej. X. Mustafo) kabi Arab filmla- ri mamlakat va chet el kino-ekranlarida Shuhrat qozongan. 1963 y.da kino, radio va teleko’rsatuv bosh boshqarmasi tuzil- Di. 60-y.larda g. Barakatning «Gunoh», T. Salohning «qahramonlar kurashi», S. Sayfining «sevish mavridi emas» filmlarida xotinqizlar ozodligi ma- salasi, yu. Shaxin, K. ash-Shayxning filmlarida dehqonlar va ziyolilarning ongi uygonishi muammolari ko’tarildi. 70-80-y.larda ekranga chiqarilgan badiiy tasmalar xalq hayoti, turmush jumboqlari, maorif islo-hoti va b. mav- zularga bag’ishlangan. 1975 y.dan milliy kino festivallari, 1976 y.dan Qohira xalqaro kinofestivallari muntazam o’tkazila boshladi. M.ning ko’plab fil- mlari Jeneva, Bayrut, Toshkent kinofe- stivallarida oltin sovrin va faxriy yorlikdar b-n takdirlangan. Mamlakatda 8 kinostudiya, 350 kinoteatr bor. O’zbekiston — M. munosabatlari. 1992 y. yanv.da M. rasmiy delegasiya- sining O’zbekistonga va 1992 y. dek. da O’zR Prezidenti I. Karimovning M.gatashrifi vaqtida ikkala mamlakat- ning turli sohalardagi hamkorlikni chuqurlashtirish va kengaytirish mud- daolari tasdiklanib, ularga aniklik kiritildi. 2000 y.gacha mamlakatlar o’rtasida 10 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi. O’zR b-n M. o’rtasidagi mu- nosabat va hamkorlik asoslari, inve- stisiyalarni rag’batlantirish va o’zaro himoya qilish, iqtisodiy, ilmiy va texnikaviy hamkorlik, aviasiya qat- novi va havo transporti sohasidagi hamkorlik, Toshkent sharqshunoslik in-ti b-n M.ning Al-Azhar unti o’rtasida fan va madaniyat sohasidagi hamkorlik, O’zbekiston va M. tashki ish- lar vazirliklari o’rtasida hamkorlik va maslahatlashuvlar to’g’risidagi bitimlar shu hujjatlarning eng muhimlaridir.