Siyrat

Siyrat-arab-musulmon diniy-tarixiy adabiyotidagi maxsus janr. Islom tarixi va ta’limotini hamda Muhammad Payg’ambarning tarjimai holini yoritishga bag’ishlangan. Bizgacha yetib kelgan siyratlarning eng qadimgisi “Siyratu rasululloh” (Olloh elchisining tarjimai holi). U Bog’dod xalifasi Mansur (754-775) topshirig’i bilan ibn Isxoq tomonidan VIII asrning ikkinchi yarmida tuzilgan.