So’g’d yozuvi

So’g’d yozuvi-so’g’diylar tili yozuvi. So’g’d yozuvi miloddan avvalgi so’nggi mingyillikning oxirlarida oromiy alifbosidan ajralib chiqqan. Arab yozuvi singari o’ngdan chapga qarab yozilgan va o’qilgan. Qadimda manbalarda so’g’d alifbosida 25 harf mavjudligi ta’kidlangan, biroq turli joylardan topilgan so’g’d yozuvi yodgorliklarida harflarning umumiy sonida farqlar bor. So’g’d yozuvining milod boshlariga oid eng qadimgi namunasi Samarqand yaqinidagi Toli barzu degan joydan topilgan.