Siyra, sira

Siyra, sira (Arab. — hayot yo’li, tarjimai hol) — Muhammad (sav) hayot yo’lini bayon qilishga bag’ishlangan, ilk Islom davrida vujudga kelgan diniy-ta- rixiy asarlarning umumiy nomi. Dast- labki S.lar ko’p bo’lgan, ularning anchasi yo’qolib ketgan. Ulardan Voqidiy (747— 823)ning «kitob almag’oziy» («harbiy yurishlar kitobi») va avvalgi S.larni umumlashtirgan Ibn Ishoq va Ibn Hishom (834 y.v.e.)ning «Siyrat Rasul Alloh» («Alloh elchisining hayot yo’li») asarlari bizgacha etib kelgan. S.lar ilk Islom tarixini tadqiq qilishda asosiy manba hisoblanadi.