Molekular biologiya

Molekular biologiya – tiriklik belgilari уа asosiy xususiyatlarini molekular darajada o’rganuvchi fan. Asosiy vazifasi muhim biologik birikmalar hisoblangan oqsil уа nuklein kislotalarning o’zaro ta’siri, xususiyatlari уа strukturasi bilan bog’liq bo’lgan irsiyat, oqsil biosintezi, informatsiyani saqlash hamda uni uzatish kabi hayotga xos xususiyatlarni tadqiq etishdan iborat.