MOLEKULYAR AKUSTIKA

MOLEKULYAR AKUSTIKA — moddalarning tarkibi va xossalarini akustik usul b-n, ularning akustik xos- sasini esa molekulyar nuqtai nazardan o’rganadigan fizik akustika bo’limi. M.a.da tovush to’lqinlarining akustik xossalari, ya’ni moddalarda tarqalish tezligi va yutilish koeffisientla- rining t-ra, bosim va b. omillar b-n bog’likligi o’rganiladi. M.a. 20-a. 30-y. laridan boshlab, ya’ni ko’pgina modda- larda tovushning tarqalishida disper- siya hodisasi kuzatilganidan keyin, ayniqsa, tez rivojlana boshladi. M.a.da tekshiriluvchi ob’ekt sifatida, odatda, ultratovush olinadi: gazlarda chasto- talari W—W Gts li ultratovushlar, suyuqlik va qattiq moddalarda 105-10* Gts li ultratovushlar, chastotasi ~1010 Gts (q. Gipertovush) li tovushlar tek- shiriladi. Qisqa, vaqt davomida sodir bo’ladigan jaraenlarning kinetika- sini o’rganadigan akustik usulni kam miqdordagi moddalarni yuqori bosim va turli t-Rada katta aniklik b-n tek- shirishga imkon beradigan yagona usul desa bo’ladi. Suyuqliklarda tovush tez- ligini va uning t-raga bog’liq ravishda o’zgarishini, mas, eritmalardagi ion- larning o’zaro ta’siri va b.ni aniqlash muhim ahamiyatga ega. Tovushning yuti- lish koeffisienta moddalardagi ichki ishkalanish, issiklik o’tkazuvchanlik va relaksasiya b-n bog’liq bo’lgan jarayon- lardan aniqlanadi. M.a.ning ko’pgina masalalari optik, spektroskopik va b. kompleks usullar b-n hal qilinadi. Mo- lekulyar kuchlar tabiati, molekulyar jara- yonlar kinetikasi, issiklik sig’imi naza- riyasi, yorug’likning sochilishi va sh.k. mu- him masalalarni xal qilishda M.a.ning ahamiyati katta.