Molekulyar fizika

Molekulyar fizika — fizika- ning modsa tuzilishini va uning xossa- larini shu moddaning zarra (molekula, atom, ion) lardan tashkil topganligi, bu zarralarning xamma vakt betartib harakat holida bo’lishi va ular orasida o’zaro ta’sir kuchlari mavjudligi asosi- da o’rganadigan sohasi. Har qanday modda bir turdagi juda ko’p sonli zarralardan tashkil topganligi uchun M.f. masalala- rini hal etishda statistik va termodi- Namik usullardan foydalaniladi. M.f. ning dastlab shakllangan bo’limi gazlar kinetik nazariyasitr — bu bo’limni ri- vojlantirishga J. K. Maksvell, L. Bol- Sman, J. U. Gibbs katta qissa qo’shdilar. Statistik usulni fizika faniga birin- chi bo’lib A. Bolsman 1868-77 y.larda kiritgan. 1877-1902 y.larda J. U. Gibbs uni rivojlantirib, klassik statistic fizika sohasini yaratilishiga zamin bo’ldi. Muayyan suyuklik ayrim qattiq jismlarni ho’llashi, boshqasini esa ho’llamasligi mumkin. Buning natija- sida ingichka naychalarda suyuklik sat-hi balandligining o’zgarish hodisasi, ya’ni kapillyarlik vujudga keladi. Molekula- larning o’zaro ta’sir kuchlari asosida kapillyarlik hodisalari nazariyasini yaratishda frantsuz olimlariA. Kle- ro(1743), P.Laplas (1806), T. Yung (1805), K. F. Gauss (1830-31), J. U. Gibbs va b. salmokli qissa qo’shgan. 20-a. boshlarida M. f. taraqqiyoti o’zining yangi bosqichiga ko’tarildi. Frantsuz fizigi J. Perren, A. Eynshteyn (1904), polshalik fizik M. Smoluxov- skiy (1906), frantsuz fiziklari P. Pan- jeven (1908), de-Broyl (1909) va b.ning Broun harakati, A. Eynshteyn tomoni- dan yaratilgan Broun harakati nazariyasi hamda Avogadro soninch aniqlash bo’yicha olib borilgan i.t. ishlari qator muqim xulosalar chiqarish b-n bir qatorda mo- lekulalarning haqiqatda mavjud ekan- ligini isbotladi. Keyinchalik rentgen, elektron va neytron nurlari yordamida suyuk, va qattiq jismlarning tuzili- shi o’rganildi. Modda tuzilishi, uning bir fazadan ikkinchi fazaga o’tishidagi o’zgarishi hamda modda tuzilishining t-raga, bosimga, elektr, magnit maydon- larga va b. para-metrlarga bog’liq ekan- ligi aniqlandi. M.f.ning eng katta masalalaridan biri berilgan jismning mexanik va dialektik xususiyatlari shu jismning kimyoviy tarkibiga, uni tashkil etuvchi molekulalarning tuzilishiga va nihoyat, molekulalarning bir-biriga nisba- tan qanday tartibda joylashganligiga bog’liqligini o’rganishdan iboratdir. Bu masalaning hal etilishi texnika va sanoatda zarur bo’lgan, ko’zlangan fizik xususiyatlarni o’zida mujassamlashtir- gan yangi metall qotishmalar, polimer materiallar, dielektriklar, qurilish materiallari va b. hosil qilishning yangi usullarini yaratishga imkon beradi. M.f.ning jadallik b-n ri- vojlanishi undan statistik fizika, fizik kinematika, qattiq jism Fi- zikasi, suyuqliklar fizikasi, fizik kimyo, molekulyar biol. kabi mustaqil bo’limlarining ajralib chiqishiga olib keldi. M.f.da erishilgan yutuqlar me- tallar fizikasi, polimerlar fizikasi, kristallografiya kabi sohalarning keng ko’lamda rivojlanishiga sabab bo’ldi.