Moyli ekinlar

Moyli ekinlar — urug’i va me- vasidan moy olish uchun ekiladigan ekin- lar guruhi. Gulxayridoshlar (g’o’za), mu- rakkabguldoshlar (kungaboqar, maxsar), labguldoshlar (perilla, Lalleman-tsiya), butguldoshlar (raps, xantal), dukkak- doshlar (soya, er yong’oq) va b. turli bota- nik guruxlarga mansub bir yillik va ko’p yillik o’simliklarni o’z ichiga oladi. Bulardan ba’zilari qotuvchi moy beradi- gan daraxtlar (kokos palmasi va moyli palma, kakao, tunga), boshqalari suyuq moy beradigan o’tsimon o’simliklar (soya, kungaboqar, zig’ir) hisoblanadi. M.e. urug’i, mevalarida, ayrimlari (chufa) tuganaklarida moy to’playdi. M.e.ning urug’i va mevasida to’planadigan moy miqdori (mutlaq quruq moddaga nisba- tan % hisobida): kanopda 18-20, chigit- da 17-29, soyada 13-37, kungaboqarda 29-57, er yong’oqda 41-57, rapsda 48— 50, ko’knorda 46— 56, moyli zig’irda 35-52, kanakunjutda 48-55, kunjutda 50-65. M.e. moylari suyuq, yarim suyuq va qotuvchi bo’lib, presslab yoki ekstraktsiya- lab olinadi. O’simlik moylari bevosita oziq-ovqat maqsadlarida, konservalar tayyorlashda, konditer mahsulotlari, margarin olishda, lok-bo’yoq, sovun pi- shirish, to’qimachilik, atir-upa sano- atlari, tibbiyotda, shuningdek, moylash materiali sifatida ishlatiladi. Yog’moy i.ch. chiqindilaridan kunjara va shrot chorva mollari uchun kontsentrat ozuqa hisoblanadi. M.e.ning kelib chiqishi turli- cha. Yovvoyi kungaboqarning vatani — Shim. Amerika. Kanakunjut va kunjut esa Afrikadan, raps va ko’knor O’rta dengiz atroflaridan tarqalgan, er yong’oqning vatani — Jan. Amerika; g’o’za Hindiston, Xitoy, Perudan tarqalgan. Jahon dehqonchiligida soya, er yong’oq, kungaboqar, zaytun, raps, kunjut, kana- kunjut, moyli zig’ir katta ahamiyatga ega. O’zbekiston florasida yovvoyi M.e. ning 500 turi aniqlangan. O’zbekistonda yog’moi sanoatining asosiy xom ashe baza- sini bir yillik moyli ekinlardan g’o’za tashkil etadi. Shuningdek, zig’ir, soya, raps, kunjut, maxsar va b.ning urug’lari ham qayta ishlanadi. Halima Otaboeva.