Modul

Modul (lot. modulus — me’yor, o’lchov) — 1) me’morlik va qurilishda — majmualar, insho-otlar va ular- ning kismlari o’lchamlarini ifodalash uchun qabul qilingan asbob, o’lchov. M.ni qo’llash natijasida bino, inshoot yoki uning qismlari o’lchamlaridagi takror- lanuvchan (karrali) nisbatlari berila- Di, qismlar uyg’unlashadi, qismlarning mutanosibligi ta’minlanadi hamda qurilish ishlari osonlashadi. M. sifa- tida uzunlik o’lchovi (fut,metr), bino elementlaridan birining yoki qurilish buyumining o’lchami qabul qilinadi. Memorlik orderlari tizimida M. ko- lonnaning pastki qismi radiusining o’lchamidan olingan. Qad. O’rta Osiyo me’morligida ham M. keng qo’llanilgan. 14-15-a.larda gaz, qari, qadam kabi o’lchov birliklari asosida binolar tar- hi tuzilganligi ma’lum. Abu Nasr Forobiy turli o’lchov as- boblari (mas, shovun, reja, pargar, gazcho’p va b.) o’lchov me’yori sifatida me’mor-ustalarning doimiy ish quroli bo’lganligini ta’kidlaydi. Qad. Misr- dagi yodgorliklardan birida me’yor Xe- sira qo’lida gazcho’p va reja ipi ushlab turgan qiyofada tasvirlangan. Me’morlikning ilk rivojlanishi davridan boshlab qurilish maydonchasi- da mo’ljaldagi binoning shakli, ya’ni loyihasini yasash uchun asosan oddiy reja ipidan foydalanilgan. Reja ipi va qoziqlar yordamida tekis er sathiga juda murakkab shakllar tushirish mum- kin. Bular pargar va chizg’ich vazifasini o’tagan. Somoniylar maqbarasi, masji- Di Kalon, Minorai Kalon, Amir Temur maqbarasi, Ulug’bek madrasasi va b. Geo- metrik tarkib va uyg’unlik jihatidan M. asosida bunyod etilgan, girih naqshlar ham dinamik kvadratdan foydalanish natijasida paydo bo’lgan va rivojlan- gan. O’rta Osiyo me’morlarining 16-a. da M. asosida chizgan bir necha tarhlari O’zbekiston FA Sharqshunoslik in- ti qo’lyozmalar fondida saqlanmoqda. M. hozirgi zamon me’morligida bino qismlarini standartlash, birxillash- tirish va umuman badiiy va texnik tartibga erishishda keng qo’llanadi; 2) radioelektronikada — radioelektron apparatlarning mustaqil funktsional uzeli. Tuzilishiga kura, yassi, hajmiy va hajmiy-yassi; elektron asboblar ti- piga qarab, tranzistorli va lampali xillarga bo’linadi. M., ko’pincha, bosma plata (asos)ga yig’iladi. M.ni musta- kil sozlash va tekshirish mumkin; bu esa radioelektron apparatlarni ta’mirlash vaqtida M.ni qo’shimcha tuzatmay va so- zlamay almashtirishga imkon beradi. M. apparatlarni loyihalash muddatini qisqartiradi, apparatlar tayyorlashni arzonlashtiradi, apparatlarni sodda- lashtiradi vab.; 3) mashinasozlikda — tishli g’ildirak (shesternya)ning geome- trik parametri.